calendar 20 Mar 12:50
eye 59
comments 0
comments Manba: postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

image

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. 

Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bilan birga, viloyat miqyosida o‘tkazilayotgan ommaviy va profilaktik tadbirlar chog‘ida xavfsizlikni ta’minlashda ham kinologlar faol ishtirok etishyapti.  

Shu yilning 10-yanvar kuni Romitan tumani IIB xodimlari tomonidan Gazli shaharchasida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbirga Kinologiya bo‘linmasi 1-guruh kichik inspektor-kinologi, kichik serjant Bobir Shodiyev o‘ziga biriktirilgan «Bond» laqabli xizmat iti bilan jalb qilindi. Mazkur tadbir davomida «Baynalmilal» mahallasi Istiqlol ko‘chasida yashovchi X.R.ning uyi ko‘zdan kechirilayotganda, xizmat iti bir nimanidir sezgandek bo‘ldi. Shunda kichik serjant B.Shodiyev sadoqatli ko‘makchisi boshlagan tomon yo‘naldi. «Bond» yotoqxonadagi divan tomon qarab voviladi. Osoyishtalik posbonlari xolislar bilan divanni ko‘zdan kechirishganda, bir dona gugurt qutisi ichidan quritilgan holdagi marixuana giyohvandlik vositasi aniqlandi.  

Bundan tashqari, bo‘linma kinolog xodimlari respublika miqyosida o‘tkazilgan «Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish» oyligi tadbirlarida faol ishtirok etib, o‘rta ta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga 60 dan ziyod tar­g‘ibot ishlarini olib bordi. Tadbirlar chog‘ida kinologlar xizmat itlari bilan ko‘rgazmali chiqishlar ham qilishdi.   


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
61
0
postda.uz

XODIMLAR IShTIROKIDA PSIXOLOGIK TRENING

IIV TvaTOXTD mutaxassis psixologi tomonidan Qashqadaryo viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi xodimlarining ma'naviy-ruhiy holatini yaxshilash maqsadida navbatdagi psixologik trening tashkil etildi. Treningda asosiy e'tibor jamoada ijtimoiy-ma'naviy muhitni yanada yaxshilash, ishonchsizlik, tushkunlik kabi salbiy ruhiy holatlarga yo‘l qo‘ymaslikka qaratildi. Shuningdek, xodimlarning o‘z xizmat vazifalarini bajarishida mas'uliyat hissini yanada oshirish ko‘zda tuti

04 Apr 16:19
 
45
0
xs.uz

Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?

Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.

20 Mar 12:50
 
67
0
postda.uz

BOShQARMADA MATBUOT ANJUMANI

Yaqinda Navoiy viloyati IIBda tashkil etilgan matbuot anjumanida OAV vakillari, jurnalistlar hamda blogerlar ishtirok etdi. Anjumanda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Zohidjon Qayumov viloyat IIBning 2024-yildagi faoliyati natijalari va kelgusidagi rejalar haqida ma'lumot berdi. Jumladan, sohaga raqamli texnologiyalar va innovasion yondashuvlarning joriy etilishi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning,

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida