calendar 26 Jul 14:10
eye 64
comments 0
comments Manba: daryo

Toshkentdan keyin ikkinchi: Gulistondagi jamoat transportida ATTO kartalari joriy etildi

image

Avtomatlashtirilgan tizimning ishga tushirilishi sharafiga Guliston aholisi transport kartalarini to‘liq bepul sotib olishi mumkin. Ular orqali yo‘l haqi to‘lash esa naqd pul bilan to‘lashdan ko‘ra arzonroq bo‘ladi.

15-iyuldan boshlab, jamoat transportida yo‘l haqi uchun avtomatlashtirilgan to‘lov tizimini joriy etish poytaxtdan tashqariga chiqdi. Endi yo‘l haqi uchun ATTO kartasi bilan Guliston (Sirdaryo viloyatining markazi) avtobuslarida ham to‘lov qilish mumkin. Loyiha ATTO kompaniyasi va Transport vazirligi hamkorligida amalga oshirildi.

Jamoat transporti kartalari 8 ta shahar yo‘nalishida qabul qilinadi. Ularda harakatlanuvchi barcha 53 ta Isuzu avtobuslari ATTO kartalari bilan kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirishga imkon beruvchi mobil validatorlar bilan jihozlangan.

Yo‘nalishlar ro‘yxati:

  • №1 — Markaziy bozor—1-daha;
  • №2 — Markaziy bozor—2-4-5-dahalar;
  • №3 — T/y bekati—Do‘stlik mahallasi;
  • №4 — T/y bekati—Karapchi qishlog‘i, Vodnikov qishlog‘i orqali;
  • №8 — T/y bekati—Bahor mahallasi;
  • №9 — T/y bekati—Viloyat kasalxonasi;
  • №12 — T/y bekati—Guliston davlat universiteti;
  • №13 — T/y bekati—Buyuk kelajak mahallasi;
  • №17 — Mahalla, “Sayhun” savdo markazi—T/y bekati.

Eng muhimi, 1-avgustdan yil yakuniga qadar Guliston shahrida ATTO kompaniyasidan aksiya amal qiladi. Karta orqali yo‘l haqi uchun to‘lov qilish 10 foizga arzonroq, ya’ni har bir yo‘l haqi uchun 900 so‘m. Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan tizimning ishga tushirilishi sharafiga Guliston aholisi transport kartalarini to‘liq bepul sotib olishi mumkin. Karta sotib olinganda to‘langan 5000 so‘m darhol balansga tushadi.

Transport kartalarini ikkita sotuv nuqtasida — Buyuk kelajak mavzesi va Guliston dehqon bozorida sotib olish mumkin. Kelgusida shahar aholisiga qulay bo‘lishi uchun aholi gavjum bo‘lgan yana bir nechta nuqtalarni qamrab olish rejalashtirilgan.

Transport kartasi balansini ATTO, MyUzcard, Payme, Upay, Apelsin va boshqa to‘lov xizmatlarining mobil ilovalari orqali, shuningdek, kartalarni sotish joylarida ham to‘ldirishingiz mumkin. Bugungi kunga qadar Guliston shahrida 700 dan ortiq ATTO transport kartalari sotildi.

ATTO’ning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo‘ling va kompaniyaning yangiliklari hamda aksiyalaridan xabardor bo‘ling.

Telegram: https://t.me/attouz

Facebook: https://www.facebook.com/atto.uz/

Instagram: https://instagram.com/atto_uz?igshid=1rqr9epwrceui

Reklama huquqi asosida.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

13 Jun 00:39
 
148
0
xs.uz

Dollarning rasmiy kursi ketma-ket toʻrtinchi kun pasaydi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 11-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 37,68 soʻmga tushdi va 12 674,37 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 54,46 soʻmga pasaydi va 14 470,33 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,13 soʻmga oshib, 161,23 soʻmni tashkil etdi.

08 Jun 02:26
 
142
0
xs.uz

Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?

Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosi

08 Jun 02:26
 
31
0
xs.uz

Ozarbayjon – Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi moliyalashtirishda nimalarga eʼtibor qaratmoqda?

Ozarbayjon ' Oʻzbekiston investitsiya kompaniyasi (AUIC) 2023 yilda Ozarbayjon va Oʻzbekiston hukumatlarining qoʻshma tashabbusi bilan tashkil etildi. 500 million dollar ustav kapitali bilan u ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy hamkorlikda yangi yoʻnalishni kashf etmoqda. AUICning asosiy maqsadi ' har ikkala respublika iqtisodiyotining rivojlanishi va gullab-yashnashiga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish orqali koʻmaklashish. Shuningdek, turli miqyos va sohalardagi kompaniyalarni bevosi

13 May 14:38
 
53
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'29,80 soʻmga'tushib,'12 880,35 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'125,30 soʻmga'pastlab,'14 535,47 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'3,10 soʻmga'tushdi va'156,68 soʻmni'tashkil qildi.