O‘zbekistonda karantin cheklovlari bekor qilingani haqidagi xabarlar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda yaqinda Respublika maxsus komissiya tomonidan kiritilgan karantin cheklovlari tugatilishi haqida xabarlar tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ushbu xabarlar asossiz ekanini ta’kidladi.
Respublika maxsus komissiyasi tomonidan bir qator cheklovlar bilan birga kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning 8:00 dan 20:00 gacha ishlashiga ruxsat berilgan edi.
Mazkur holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, ushbu tartiblar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ma’lum bir muddat uchun qabul qilingan emas, ya’ni epidemiologik vaziyat barqarorlashganda ushbu cheklovlar bekor qilinadi. Ammo hozirda ularga hech qanday o‘zgarish kiritilmagan.
“Agar karantin qoidalariga oid biror o‘zgarish kiritilsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sahifalari orqali e’lon qilinadi. Shunday ekan, yurtdoshlarimizdan va ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asossiz va tasdiqlanmagan xabarlar tarqatmasliklarini so‘rab qolamiz”, – deyiladi vazirlik xabarida.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 28-iyundan karantin cheklovlari kuchaytirildi. Toshkent shahriga 28-iyundan transport vositalari kirishiga hamda ko‘ngilochar va ovqatlanish obyektlari faoliyatiga cheklovlar o‘rnatildi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.