calendar 07 Jul 12:20
eye 42
comments 0
comments Manba: xs

OʼzLiDeP Siyosiy Kengashi majlisida partiyaning yangi logotipi tasdiqlandi

image

OʼzLiDeP Siyosiy Kengash majlisida partiyaning yangilangan logotipi masalasi ham keng muhokamalar markazida boʻldi.

Taʼkidlash joiz, OʼzLiDeP partiya rebrendingida yangi bir qadamni amalga oshirishga kirishdi.

Qayd etish kerakki, partiya rebrendingi, uning oʻzgarayotganligi toʻgʻrisida gap ketganda albatta nafaqat uning gʻoyalari, faoliyati, balki, asosiy ramzi (logotip) ga ham alohida eʼtibor qaratish joiz. Zero, logotip partiyaning asosiy tashrif qogʻozi hisoblanadi.

Shunday ekan, partiya faoliyatidagi oʻzgarishlar albatta uning timsoli boʻlgan logotipida ham oʻz aksini topishini davrning oʻzi taqozo etmoqda.

Keyingi toʻrt oy davomida aholi bilan boʻlgan turli uchrashuvlar, muloqotlarda ham ushbu masala yuzasidan jamoatchilikning fikri oʻrganib borildi. Partiya faollari, keng jamoatchilikning fikr-mulohazalaridan soʻng shu maʼlum boʻldiki, bugungi talablar darajasiga mos ravishda oʻzgarish OʻzLiDePning logotipida ham oʻz aksini topishi lozim. Boshqacha aytganda, partiyaning yangi logotipi OʼzLiDeP islohotlarning yangi bosqichida oʻz oldiga qoʻyayotgan ulkan maqsadlarni oʻzida toʻla aks ettira oladigan logotip sifatida gavdalanishi zarur. Toki, butun xalq va xalqaro jamoatchilik ushbu ramzda OʼzLiDeP bugungi kunda oʻz oldiga qoʻygan maqsadlar aksini koʻra olsin.

Aytish kerakki, ushbu maqsad va vazifalarni amalga oshirish maqsadida tegishli Ishchi guruh ham faoliyat olib bormoqda. Ushbu masalani partiya Siyosiy Kengashiga kiritgungacha boʻlgan davrda logotip boʻyicha partiya aʼzolari va aholi vakillari fikrlarini oʻrganish uchun barcha viloyatlarda muhokamalar tashkil qilindi. Bundan koʻzlangan maqsad yangi logotip imkon qadar koʻproq aholi vakillari va partiya aʼzolari fikrlarini oʻzida qamrab olgan haqiqiy xalqchil logotip sifatida shakllanishiga erishishdan iboratdir.

Hududlarda boʻlib oʻtgan muhokamalarda koʻpchilik yangi logotipni toʻla qoʻllab-quvvatlagani alohida taʼkidlandi. Misol uchun 2-iyul kuni boʻlib oʻtgan Ijroiya qoʻmita yigʻilishidan soʻng joylarda, xususan, viloyat, tuman va boshlangʻich partiya tashkilotlarida partiyaning yangilanayotgan ramzi boʻyicha keng muhokamalar oʻtkazildi. Jumladan, shu kunga qadar, 2682 ta muhokama tadbirlari tashkil etilgan boʻlib, uning 14 ta hududiy kengash yigʻilishlari, 200 dan ortiq tuman kengashida yigʻilishlar hamda 2441 ta yirik boshlangʻich partiya tashkilotlarida muhokamalar boʻlib oʻtgan. Mazkur tadbirlarning barchasida partiyaning yangilangan ramzi iliq kutib olingan hamda qoʻllab quvvatlangan.

Majlisda ushbu masala yuzasidan bir qator muhokamalar, fikrlar bildirildi hamda Siyosiy Kengash aʼzolari partiyaning yangilangan logotipini tasdiqlashdi.

Siyosiy Kengash yigʻilishida muhokama qilingan barcha masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilindi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:43
 
61
0
xs.uz

Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortib bormoqda – AQSh elchisi

Amerika Qoʻshma Shtatlarining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Xenik Amerika kompaniyalarining Oʻzbekistonga qiziqishi ortayotgani haqida gapirdi. Bu haqida 'OʻzA' maʼlum qildi.AQSh'elchisi Jonatan Xenik mamlakatimizda Navroʻz bayramiga bagʻishlangan tadbirda ishtirok etib, Oʻzbekiston xalqini ushbu bahor ayyomi bilan qutladi.'Navroʻz nafaqat yangilanish va farovonlik timsoli boʻlgan ajoyib bahor bayrami, balki erishilgan yutuqlarni nishonlash uchun muhim fursatdir.

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi

2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us

04 Apr 16:19
 
40
0
xs.uz

Biz Yerni ajdodlarimizdan meros sifatida emas, balki farzandlarimizdan qarzga olganmiz – Prezident

Hurmatli delegatsiyalar rahbarlari!Hurmatli forum ishtirokchilari!Xonimlar va janoblar!Barchangizni bugungi davrdagi asosiy tahdid ' global iqlim o'zgarishlariga bag'ishlangan konferensiyamizda chin yurakdan qutlayman.Hurmatli hamkasblarim ' Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlari yetakchilari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti nomidan qatnashayotgan bizning ishonchli hamkorlarimiz, xalqaro moliya institutlari, global va milliy ekologik tashkilotlar vakillariga ushbu tadbirda ishtirok etayot

20 Mar 12:53
 
73
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t