calendar 17 May 13:10
eye 23
comments 0
comments Manba: daryo

Islandiyada 6 ming yil “uyquda bo‘lib”, so‘ng faollashgan vulqon sotuvga qo‘yildi

image

Islandiyada harakatga kelgan Fagradalsfyadl vulqoni joylashgan yer maydoni sotuvga qo‘yildi, deb yozmoqda Bloomberg agentligi.

Foto: “News.pn”

“Bu yer maydoni mos narx evaziga sotilyapti, biz esa eng kamida ikkita taklifni olib bo‘ldik”, — deb xabar berdi Anna Tordis Gudmundsdottir. U vulqon joylashgan Xraun fermasiga egalik qiluvchi 19 nafar merosxo‘rdan biri hisoblanadi.

Gudmundsdottirning so‘zlariga ko‘ra, yer maydoniga oilaning bir necha avlodlari egalik qilib kelgan. Hozir esa u “ bu yerda kimdir jamiyat uchun foydaliroq nimadir qurishi”ni xohlaydi. Xraun yer egalari assotsiatsiyasining raisi, Gudmundsdottirning amakivachchasi Sigurdur Gudjon Gislasonning mahalliy Stod 2 telekanaliga xabar berishicha, xohlovchilar yer maydonini to‘liq yoki qisman sotib olishi mumkin.

Islandiya hukumati yer maydonini sotib olishni rejalashtirmayapti, lekin vulqon harakatga kelgan hududni sayyohlar uchun diqqatga sazovor joyga aylantirish uchun pul ajratadi, deb ta’kidladi Islandiya bosh vaziri Katrin Yakobsdottir RUV telekanaliga bergan intervyusida. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar hudud jamoat uchun ochiqligicha qolsa, hukumat ushbu inshootda zarur infratuzilmani yaratish uchun 70 million Islandiya kronasini (564 ming dollar) yo‘naltirishga tayyor.

Fagradalsfyadl vulqoni Islandiyaning eng mashhur sayyohlik markazlaridan biriga aylanishi uchun barcha imkoniyatlarga ega, deb yozmoqda Bloomberg. Geologlarning prognozlariga ko‘ra, mamlakat poytaxti Reykyavikdan atigi bir soatlik masofada joylashgan vulqonning harakati yana bir necha yil davom etishi mumkin.

Fagradalsfyadl vulqoni 19-mart kuni kechqurun harakatga kelgan edi. Bundan oldin yarimorolda seysmik faollik kuzatilgan: to‘rt hafta ichida u yerda 50 mingdan ortiq zilzila qayd etilgan..

Associated Press nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, vulqon 6 ming yildan buyon harakatga kelmagan edi. Vulqon otilishini tomosha qilish uchun minglab odamlar to‘plandi, ularning ba’zilari hattoki vulqon lavasida hot-dog uchun sosiskalar pishirdi, deb yozmoqda Bloomberg.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:55
 
82
0
xs.uz

Istanbul merini hibsga olinishi Turkiyada norozilik namoyishlari boshlanishiga sabab boʻldi

Imomoʻgʻli Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning eng kuchli raqibi va muxolifat Respublika xalq partiyasining mashhur siyosatchisi hisoblanadi. U Turkiya davlati tomonidan terroristik tashkilot sifatida tan olingan Kurdiston ishchi partiyasini qoʻllashda va korrupsiyada ayblanmoqda.Erdogʻan tanqidchilari bu ayblovlarni uydirma, deb baholamoqda. Imomoʻgʻlining hibsga olinishi esa muxolifatga siyosiy zarba sifatida qabul qilingan. Istanbul merining qoʻlga olinishi Turkiyadagi repres

20 Mar 12:50
 
63
0
postda.uz

ХУРМОНИНГ ХОСИЯТЛАРИ

• Энергия манбаидир. Хурмо таркибидаги катта миқдордаги глюкоза, фруктоза ва сахароза организмга куч беради. Табиий шароитда етиштирилган хурмо тамадди қилиш кундузги ҳолсизликни бартараф этади.• Мия учун озуқадир. Фенол бирикмалари ва табиий антиоксидантларга э

12 Apr 21:15
 
40
0
xs.uz

Hindiston va Nepalda kuchli yogʻingarchilik hamda chaqmoq urishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi

Hindiston va Nepalning baʼzi hududlarida mavsumiy kuchli yomgʻir yogʻishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok boʻldi. Bu haqida 'NBC News' nashri xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 9-aprel, chorshanba kuni boshlangan kuchli yogʻingarchilik ayni vaqtda ham davom etmoqda. Rasmiylarning taʼkidlashicha, yogʻingarchilik oqibatida 100 nafardan ortiq inson halok boʻlgan.Tabiiy ofatlarni boshqarish departamenti Hindistonning 'Bihar' hududida soʻnggi ikki kun ichidagi yogʻingarchilik oqibatida ha

21 Apr 08:34
 
375
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida soʻnggi 48 soat ichida 92 nafar falastinlik halok boʻldi

Isroilning soʻnggi 48 soat ichida Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 92 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda 'Al Jazeera' nashri.Kecha, 18-aprel kuni Isroil harbiy kuchlarining Gʻazo hududlariga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 58 nafar falastinlik halok boʻlgan, oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan. Maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni bombardimon qilishi tufayli halok boʻlayotgan falastinliklar soni kundan kunga ortib bo