Saida Mirziyoyeva dam olish kunini qanday o'tkazayotgani haqida gapirdi (foto)

Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o'rinbosari, O'zbekiston Respublikasi Gender tengligini taʻminlash bo'yicha komissiyasi aʻzosi, Prezident Shavkat Mirziyoyevning to'ng'ich qizi Saida Mirziyoyeva dam olish kuni nimalar bilan shug'ullangani haqida gapirdi.
"Yakshanba. Anʻanaga ko'ra bu kuni sevimli taomlarimizni tayyorlaymiz. Ulardan biri — kulchatoy. Oyijonim ertalabdan xamir qoradilar. Dadajonim boshchiligida butun oilamiz dasturxon atrofiga to'planib, oyijonim tayyorlagan xamirni taxtakachda kesamiz. Oyijonim esa endigina pishgan masalliqlar - no'xotni uzatib turadilar.
Tayyorlanish usuliga ko'ra kulchatoy kesma lag'monni eslatadi.
Kichkintoyim bizning eng katta yordamchimiz, milklari bilan suyak chaynashga urinadi. Taom tezroq pishishini hammadan ko'proq shu kutsa kerak
Dam olish kuningiz xayrli o'tsin, aziz do'stlar!",–deydi Saida Mirziyoyeva.
BO‘RI QUTURSA, O‘Z QAVMIGA CHOPAR
Sharof Rashidov tumanining Bobur Mirzo nomli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.A. pul uchun har qanday qabihlikdan toymaydiganlar toifasidan. Jumladan, ora-sira Turkiya va Rossiyaga «tirikchilik» vaji bilan chiqib turadigan ushbu shaxs Moskvada bir muddat ijtimoiy tarmoq orqali narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda ushbu vositalarni «mijoz»larga yetkazish bilan shug‘ullandi.Bu ham yetmaganidek, u odamfurushlik ortidan pul topmoq tashvishiga tushib qoldi. Chunonchi,
IZLANUVCHAN INSPEKTOR
– Hududimizdagi mahalliy aholi asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va tikuvchilik bilan shug‘ullanishadi. Yil boshidan buyon hali voyaga yetmagan 6 nafar maktab bitiruvchilari bilan suhbatlashib, ularni ishga joylashtirdik. Maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etgan holda ular o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan, – deydi leytenant Sh. Komiljonov. Sh. Komiljonov sportga ham alohida mehr qo‘ygan bo‘lib, qo‘l jangi bilan 6 yildan
XATO QILISh BORDIR,TUZATMASLIK ORDIR
Probatsiya nazoratiga olinib, kasb-hunar egallashga undash hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topishga ko‘maklashish ham mahkumlarning o‘z xatolarini tuzatishga berilgan imkoniyat, aslida. Xatirchi tumanida probasiya nazoratidagi shaxslarning muammolarini o‘rganish maqsadida qator tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Muloqot davomida mahkumlarning moddiy, ijtimoiy hamda tibbiy masalalar bilan bog‘liq muammolari o‘rganilib, hal etish yuzasidan tegishli m
Oʻzbekistonda 16 tuman jadal kompleks rivojlantiriladi
Unga koʻra, sanoat ishlab chiqarishi 7'8 foizga, xizmatlar hajmi 15'17 foizga, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi esa 4'5 foizga oshiriladi. Ishsizlik darajasi 4'5 foizga, kambagʻallik esa 5'6 foizga kamaytiriladi. Qoʻngʻirot, Asaka, Gʻallaorol, Denov tumanlari va Margʻilon shahri ishsizlik va kambagʻallikdan holi hududlarga aylantiriladi.Shu yilning 1-iyuliga qadar tumanlarning ishlab chiqilganiga 10-yildan oshgan bosh rejalarni 3 ta toifadagi (renovatsiya, rekonstruksiya va konservats