«Andijon shahrining Yangibozor hududida joylashgan savdo majmuasiga 4 nafar fuqaro kelib, narxi 1100 AQSh dollari bo'lgan Iphone 12 rusumli uyali aloqa telefonining 9 donasini 9900 AQSh dollariga sotib olmoqchi bo'lishadi va sotuvchiga kelishilgan pul mablag'ini berishadi. Biroq, sotuvchi ular bergan xorijiy valyuta soxta ekanligini bilib, pullarini qaytarib beradi.
Qalbaki dollarni o'tkazish bo'yicha hiylalari ish bermagan to'rtovlon endi pullarni arzonroq narxda haqiqiy valyutaga almashtirish uchun Toshkent shahri tomon yo'lga chiqishadi.
DXX va Bosh prokuratura huzuridagi departament tomonidan Yo'l harakati xavfsizligi xodimlarini jalb etgan holda o'tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxslar kelayotgan avtomashina Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida to'xtatildi. Tekshiruv davomida ulardan qalbaki 10100 AQSh dollari protsessual tarzda rasmiylashtirib olindi», deyiladi DXX matbuot xizmati tomonidan berilgan maʻlumotda.
Bu kabi holat Namangan viloyatida ham qayd etilgan. «Uychi tumanida yashovchi fuqaro Yangiqo'rg'on tumanida istiqomat qiluvchi sherigi bilan Namangan shahridagi aktsiyadorlik tijorat banki xodimining ishonchiga kirib, o'zlarida mavjud bo'lgan katta miqdordagi qalbaki AQSh dollarini unga bankdagi detektor orqali tekshirib ko'rishini, agar qurilmadan o'tsa ularni haqiqiysiga almashtirib berishini, evaziga har 1000 AQSh dollari uchun unga 200 AQSh dollaridan berishlarini aytishadi.
DXX va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining viloyat boshqarmalari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda ikki qonunbuzar shaxs qalbaki 7050 AQSh dollarini haqiqiysiga almashtirish uchun bank xodimiga bergan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Taʻkidlash lozimki, har ikki holatdagi qalbaki dollarlar 50 dollarlik kupyuralardan iborat bo'lib, ular xorijdan kontrabanda yo'li bilan mamlakatimizga olib kelingan», deyiladi maʻlumotda.
Hozirda ushbu fuqarolarga nisbatan qo'zg'atilgan jinoyatlar ishlari doirasida qalbaki xorijiy valyutalarning kelib chiqish manbalari va ularning respublikamizga olib kirilishiga aloqador bo'lgan shaxslarni aniqlash bo'yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi
Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa
IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi
Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru
Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19
Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy