calendar 31 Jan 05:30
eye 68
comments 0
comments Manba: sputniknews-uz

O'zbekiston ilk bor EOIK yig'ilishida ishtirok etdi

image
Siyosat
Havola olish
73 0 0

Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EOIK) Kengashining yig'ilishida O'zbekiston nomidan bosh vazir o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov qatnashdi.

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Evroosiyo iqtisodiy komissiyasi (EOIK) Kengashining shu yil 29 yanvar kuni onlayn o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishida Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) da kuzatuvchi maqomini olgan mamlakat sifatida birinchi marta O'zbekiston vakili ishtirok etdi.

EOIK yig'ilishida Qozog'iston bosh vazirining birinchi o'rinbosari, EOII raisi A.Smailov, Rossiya bosh vazirining o'rinbosari A.Overchuk, Qirg'iziston bosh vaziri vazifasini bajaruvchisi A.Novikov, Belarus bosh vazirining o'rinbosari S.Petrishenko, Armaniston bosh vazirining o'rinbosari M.Grigoryan va EOIK Kengashi raisi M.Myasnikovich qatnashdi.

Yig'ilishda O'zbekiston nomidan bosh vazirning o'rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov qatnashdi.

O'zbekiston delegatsiyasi rahbari o'z nutqida kuzatuvchi mamlakat maqomidagi O'zbekiston va EOII o'rtasidagi hamkorlikning asosiy yo'nalishlarini belgilab berdi. Teng huquqlilik, o'zaro manfaatdorlik va bir-birining manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida konstruktiv hamkorlik qurishning ahamiyati qayd etildi.

Yig'ilish kun tartibiga savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sanoat kooperatsiyasining keng ko'lamli masalalari kiritildi. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, to'qimachilik va farmatsevtika tarmoqlari, qishloq xo'jaligi kabi ustuvor yo'nalishlarda sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash muhimligiga alohida eʻtibor qaratildi.

Taʻkidlanishicha, o'tgan to'rt yil mobaynida O'zbekiston va EOII mamlakatlari o'rtasidagi savdo hajmi 75 foizga o'sgan. Bugungi kunda O'zbekiston tashqi savdo aylanmasining 30 foizdan ortig'i EOII davlatlariga to'g'ri keladi.

Teglar:
EOII, Sardor Umurzakov

Asosiy mavzular


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

21 Apr 08:34
 
371
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

18 Apr 11:08
 
36
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

21 Apr 08:34
 
22
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish