calendar 13 Sep 18:20
eye 69
comments 0
comments Manba: zamin

Rossiyalik muxlisasiga uylanayotgan aktyor, sevgiga ishonmaydigan Tuba Buyukustun

image
Foto: Яndex Zen
Turk yulduzlari orasidagi yangi munosabatlar ularning Instagram sahifasi kuzatuvchilari tomonidan darrov shov-shuvga aylanadi. Afsuski, ayrim rishtalar uzoqqa bormaydi, lekin baʻzilari mustahkam oila qurilishiga sabab bo'ladi.

Murat Yildirim «Ramo» serialida suratga olish jarayonlarini tugatib, turmush o'rtog'i Imana kutib turgan treylerda ish boshladi. Murat matbuot bilan suhbati davomida:«Do'stlar, avval ijtimoiy masofani saqlaylik, biz bu lahzani 6 oy kutdik. Sahnani va tomoshabinlarni ham juda sog'indik», deb karantin qoidalariga amal qilishni iltimos qildi. Shuningdek, Murat farzand haqidagi savolni javobsiz qoldirdi. Matbuotda yozilishicha, Muratning rafiqasi Imana sog'lig'idagi muammolar tufayli bir necha farzandidan ayrilgan.

Foto: Яndex Zen
Yangiliklarga ko'ra, Tuba Buyukustun bilan sobiq futbolchi Ali Gunesh o'z munosabatlarini yashirmoqda va bu matbuot tomonidan ham faol qo'llab-quvvatlandi. Aktrisa Alining iti aks etgan surat ostiga shunchaki izoh qoldirdi va jurnalistlar buni maxfiy munosabat sifatida izohlay boshladi. Ammo Tuba eʻlon qilgan «Sevgi yo'q, endi yo'q. Vaqt o'tishi bilan men bunga ko'nikdim», degan postidagi so'nggi so'zlarni matbuot aktrisa o'zining bo'sh qolgan yuragi haqida gapirdi, deb talqin qildi.

Foto: Яndex Zen
Aktrisa Melis Sezen «Sadoqatsiz» serialidagi aktyorlar tarkibiga qo'shildi.

Foto: Яndex Zen
Matbuot Kerem Bursin va Xande Erchel o'rtasidagi do'stona munosabatga ishonmaydi, bu esa «Eshigimni qoq» serialiga qiziqishni orttiradi. Kuni kecha Xande o'zining Instagram sahifasiga yangi fotosuratini joyladi va har bir buyumining narxi eʻlon qilindi. Ammo hammaning eʻtiborini tortgan narsa Keremning sharhi bo'ldi :«Men ham shu pozitsiyani qo'llayman… Xuddi shunday».

Foto: Яndex Zen
Agar matbuotning taxmini to'g'ri chiqsa, Kerem Xandeni rashk qilmoqda… Ammo keyinchalik Xandening otasi Kay Erchel Keremning profiliga aʻzo bo'lgan, Keremning onasi Chigdem Bursin esa Xandening sahifasini kuzatishni boshlagan. Endi esa faqat matbuot tomonidan to'y kuni eʻlon qilinishini kutish qoldi.

Foto: Яndex Zen
Tuan Tunal yaqinda qo'lini so'ragan qiz – Yana Mazanova bilan romantik ziyofat uyushtirdi. Aktyor bundan avval Xazal Filiz bilan turmush qurgan va 2018 yil juftlikning nikohi bekor qilingan edi.

Foto: Яndex Zen
Barish Arduch jurnalistlarning bir qancha savoliga javob berdi. Aktyor taʻtil tugab, ish boshlanganligi haqida aytib o'tdi. Shu yilning iyul oyi oxirida Barish Arduch va Gupse O'zay 6 yillik munosabatdan so'ng oila qurdi. «Go'yo biz allaqachon turmush qurgandekmiz. Shuningdek, menga uzuk taqish yoqdi», − deydi Barish. To'satdan amalga oshgan nikoh Gupsedagi o'zgarish tufayli, degan xabarga Arduch o'z fikrini bildirdi: «Biz farzandli bo'lishni juda ham xohlaymiz. Agar bu borada yangilik bo'lsa, albatta xushxabar bilan bo'lishamiz. Ammo hozir siz o'ylagandek emas».

Foto: Яndex Zen

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
44
0
postda.uz

БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ

Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да

20 Mar 12:50
 
12
0
postda.uz

СЕҲРЛИ МУСИҚА ВА ЧИРОЙЛИ ОВОЗ

Анъанага кўра, жорий йилнинг 22 февраль куни ИИВ Маданият саройида Алоҳида намунали-кўргазмали оркестрнинг “Халқ манфаатлари йўлида хизмат қиламиз” деб номлаган ҳисобот концерти бўлиб ўтади.Бадиий раҳбар ва бош дирижёр, подполковник Муқимжон Маҳмудов бошчилигидаги жам

20 Mar 12:50
 
23
0
postda.uz

NAHOTKI, TO‘G‘RI O‘G‘RIGA SHERIK BO‘LSA...

Ona tilim – jon-u dilimYaqinda Germaniyada yashayotgan qizinikida bir muddat mehmon bo‘lib kelgan akamizdan safar taassurotlarini so‘raganimizda shunday dedi:– Nemis o‘qituvchilari hayot tarzi haqida gapirar ekan, ular chetdan borib ishlayotganlarga: «Sizlar farzandlaringiz bilan uyda bemalol o‘z tilingizda gaplashavering, ammo nemis tilini bolangizga biz, o‘zimiz o‘rgatamiz», – der ekan. Avvaliga hayron bo‘ldik, deydi qizim. Keyin buning sababi nimada, deb so‘rabdi.«Siz

20 Mar 12:50
 
25
0
postda.uz

«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ

Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла