Messi “Barselona”dan ketmasidan 10-raqamga da’vogar paydo bo‘ldi

“Barselona” hujumchisi Martin Breytueyt Lionel Messi jamoani tark etsa, o‘z raqamini o‘zgartirishi mumkin.
Foto: Eurosport
20 Minutos nashri xabariga ko‘ra, Messi “Barselona”ni tark etsa, daniyalik futbolchi 10-raqamni olishni xohlamoqda.
Breytueyt qishda klubga o‘tganida u rahbariyat bilan ushbu masalani muhokama qilgan va Messi ketganidan keyin yoki u faoliyatini yakunlagan taqdirda ushbu raqam ostida o‘ynashni istashini bildirgan.
E’tiborga molik jihati shundaki, Breytueytning ham jamoadagi kelajagi hamon noaniq bo‘lib qolmoqda. Bosh murabbiy Ronald Kuman unga mashg‘ulotlardagi harakatlariga baho berib, keyinchalik uning klubda qolish, qolmasligi to‘g‘risida qaror qabul qilmoqchi.
Ma’lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda hujumchi La Ligada 11 uchrashuv o‘tkazib, 1 tadan gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining
KUBOK KUCHLILARGA NASIB ETDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlari harbiy xizmatchilari o'rtasida futbol bo'yicha “Qo'shin kubogi” musobaqasi o'tkazildi.Navoiy shahridagi “Kimyogar” o'yingohida tashkil etilgan mazkur bahslarda 9 ta jamoa g'oliblik uchun o'zaro kurash olib borishdi.Qizg'in va murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, 7536-harbiy qism jamoasi shohsupaning yuqori pog'onasidan joy olib, kubok sohibiga aylangan bo'lsa, keyingi o'rinlar 7533 va 7534-harbiy qism futbolchilariga nasib etdi.G'o
BIZ SEN BILAN FAXRLANAMIZ
Sportga qadam qo‘ygan har bir yosh yigit-qizning bir orzusi bor: u ham bo‘lsa chempion bo‘lish, jahon arenalarida vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘tarish.Azizbek orzusiga yetishish uchun tinmay harakat qilmoqda. Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligining 1-sonli Toshkent akademik litseyning 2-bosqichda tahsil olayotgan Azizbek Bahodirov 2–6-oktabr kunlari Toshkent shahrida sportning muay-tay turi bo‘yicha «O‘zbekiston kubogi» uchun kurashilgan musobaqada 67 kg vazn toifasida f
G'OLIBLAR TAQDIRLANDI
Yaqinda IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli Toshkent viloyatida joylashgan 7535-harbiy qismda sportning kurash turi bo'yicha qo'mondon kubogi musobaqasi o'tkazildi. Qizg'in bahslar davomida raqiblaridan o'z tajribasi va mahoratining ustunligi bilan ajralib turgan poytaxtimizdagi 7534-harbiy qism jamoasi 3 ta oltin va 2 ta kumush medalni qo'lga kiritib, kubok sohibiga aylanishdi. Keyingi pog'onalarni esa, qo'shinlarga qarashli 7531 va 7535-harbiy qism sportchilari zabt etishdi.G'oliblar