calendar 16 Aug 18:40
eye 270
comments 0
comments Manba: sof

To'dako'l sohilida yangi plyaj-kurort ochildi. Narxlari qanday? (foto)

image

16 avgust kuni buxorolik tadbikorlar tomonidan To'dako'l suv havzasi qirg'og'ida barpo etilgan "Silk Road Family Resort" sayyohlik kurortining rasmiy ochilish marosimi o'tkazildi.

Tadbirni O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi o'rinbosari Ulug'bek Azamov ochib berdi.

Ochilish marosimida Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botir Shaxriyorov, Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari Kamoliddin Hasanov, Qiziltepa tumani hokimi Shabon Nabiyev va boshqa mutasaddi rahbarlar qatnashdi.

Jahon andozalariga mos keluvchi ushbu dam olish maskani loyihasiga ko'ra, qurilish jarayonlari 2022 yilda yakunlashi rejalashtirilgan. To'dako'l sohili bo'yida barpo etilayotgan plyaj, dam olish va sog'lomlashtirish maskani hamda akvaparkning umumiy loyiha qiymati 6 mln AQSh dollarini tashkil etadi.

Avvalroq Bosh vazir o'rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov Buxoro va Navoiy viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda joylarga chiqqan holda turizmni jadal rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni muhokama qilib, To'dako'l sohilida sayyohlik dam olish maskanlarini tashkil qilishga doir tegishli tavsiyalari bilan bo'lishgan edi.

To'dako'l qirg'og'iga tutash bo'lgan 15,0 gektar maydonda mazkur obʻyektning birinchi bosqichida - 500 nafar, ikkinchi bosqichida esa 1500 nafardan ortiq sayyohni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. Bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach 150 dan ziyod yangi ish o'rinlari yaratilishi ko'zda tutilgan.

Loyiha to'liq quvvatda faoliyat yuritishi bilan dastlabki davrda bir oyda kamida 4,5 mlrd. so'm, keyinchalik esa 40 mlrd. so'mgacha daromad bo'lishi kutilmoqda. Obʻyekt hududini obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish maqsadida 7 ming tup manzarali daraxtlar ekish mo'ljallangan bo'lib, ayni paytgacha 3 ming tupdan ortiq ko'chatlar o'tkazilgan va plyaj hududi bo'ylab tabiiy chim yotqizilgan.

Shuningdek, ushbu sayyohlik obʻyekti plyaj, basseyn, quyosh nurida toblanish, akvapark, kichik "Disneyland", 50 o'ringa mo'ljallangan mehmonxona, dam olish tapchanlari, korabl timsolidagi restoran, yozgi terassa, SPA-salon, tabiat qo'ynidagi o'yingoh, tibbiyot burchagi, sog'lomlashtirish maskani, sport o'yingohi, ot sporti maydoni, avtoturargoh va maxsus suv transportlari kabi turli qo'shimcha xizmatlarni ham o'z ichiga oladi. Bu maskanga tashrif buyuruvchilar uchun ochiq osmon ostida bir-biridan qiziqarli kontsert va shou dasturlari ham namoyish etiladi.

Buxoro viloyati hokimi o'rinbosari Botir Shaxriyorovning aytishicha, kurortga kirish bir kunga kishi boshiga 100 000 so'mdir. Bunga majmuadagi basseyn va boshqa xizmatlardan foydalanish, sochiq va sohil shezlongi ijarasi kiradi. 6 kishilik ayvonni ijaraga olish 1 million so'm (ovqatlari bilan). 5 yoshgacha kirish tekin. Narxlar bo'yicha batafsil maʻlumot yaqinda eʻlon qilinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
339
0
xs.uz

Poytaxtimizda “UzCharmExpo-EurAsia — 2025” xalqaro charm mahsulotlari ko‘rgazmasi ochildi

Poytaxtimizdagi 'O'zekspomarkaz' markaziy ko'rgazmalar majmuida 'UzCharmExpo-EurAsia ' 2025' charm, poyabzal, attorlik, mo'yna va qorako'l hamda mahalliylashtirilgan mahsulotlar 18-xalqaro ko'rgazmasi o'z ishini boshladi.'O'zcharmsanoat' uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi, 'Xalq banki' hamkorligida tashkil etilgan ushbu xalqaro tadbirda Markaziy Osiyo hamda Italiya, Turkiya, Eron, Xitoy, Rossiya davlatlaridan 200 ga yaqin kompaniya o'z imkoniyatlarini namoyish etmoqda.Ko'rgazmaning tantanali ochil

18 Apr 11:08
 
345
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

12 Apr 21:15
 
36
0
xs.uz

Yevro kursida keskin koʻtarilish, dollar va rubl ham biroz “qimirladi”

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'11,95 soʻmga'oshdi va'12 980,33 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'436,37 soʻmga'koʻtarilib,'14 779,40 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,14 soʻmga'oshdi va'154,51 soʻmni'tashkil qildi.

16 Apr 09:12
 
34
0
xs.uz

Yana bir bozor auksionga qoʻyildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 411-son qarori asosida sotuvga qoʻyilgan 'Fargʻona' yoʻli va 'Abdurauf Fitrat' koʻchalari kesishmasida joylashgan lotning boshlangʻich narxi 15,94 milliard soʻm etib belgilangan.Xaridor bu yerda zamonaviy savdo majmuasi, 'ekobozor', koʻngilochar maskanlar, biznes markaz, ofis va xizmat koʻrsatish maydonlari, shuningdek, avtoturargoh qurishi kerak. Qurilish ish