calendar 06 Aug 13:50
eye 44
comments 0
comments Manba: mahalladosh

ENDI NAFAQA TAYINLAShDA HUJJAT YIG'IShDEK SANSALORLIKKA ChEK QO'YILADIMI?

image

Aholini ijtimoiy himoya qilish davlatimiz siyosatining eng muhim yo'nalishlaridan biri sanaladi. Xususan, ana shu g'amxo'rlik namunasi sifatida 14 yoshgacha bolalari bo'lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to'lgunga qadar bola parvarishi bo'yicha nafaqa va kam taʻminlangan oilalarga moddiy yordamlar to'lab kelinmoqda. Afsuski, ushbu ijtimoiy nafaqalarni tayinlash jarayonida ham rasmiyatchilik, sansalorlik va byurokratiya avj olgan, desak xato bo'lmaydi.

Bugungacha sohada zarur idoraviy axborot tizimlari, elektron resurs va maʻlumotlar bazalari mavjud emasligi qog'ozda ish yuritishdan voz kechish, ijtimoiy yordamni taqdim etish vaqtini qisqartirish imkoniyatini bermayotgandi. Natijada odamlar idorama-idora sarson bo'lib, bir dunyo hujjat yig'ishga majbur edi. Ko'rinadiki, yordamga muhtoj bo'lgan oilalarni turli maʻlumotnoma va boshqa tasdiqlovchi hujjatlarni yig'ishdan ozod etishning allaqachon vaqti kelgan.

Ayni jihatlar hisobga olinib, davlatimiz rahbarining 2020 yil 4 avgustdagi «Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarori bilan «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi joriy etildi. Xo'sh, uning asosiy vazifalari nimalardan iborat? U qanday ishlaydi? Amaldagi byurokratik, tanish-bilishchilik holatlarini qay darajada bartaraf etadi?

Tizimning afzalligi nimalarda ko'rinadi?

Qaror bilan 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab, ijtimoiy nafaqalarni tayinlash to'g'risidagi arizalarni ko'rib chiqish va ularni tayinlash tartib-taomillari bosqichma-bosqich «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi. Mazkur tizim avtomatik ravishda boshlang'ich bosqichda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash uchun inson omilisiz oilaning muhtojligini aniqlaydi, nafaqalarni tayinlab, to'lovlarni amalga oshiradi va nazorat qiladi, xarajatlar hisobini yuritadi.

Keyingi bosqichlarda bu tizim ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqaro va oilalarga davlat tomonidan ko'rsatiladigan pul yoki mahsulot ko'rinishidagi barcha yordam turlarini (bolalarning bepul bog'chaga qatnashi, o'quvchilarni bepul darsliklar to'plami bilan taʻminlash, sog'liqni saqlash muassasalarida bepul yoki imtiyozli tibbiyot xizmatlarini ko'rsatish, ipoteka kreditlari uchun boshlang'ich badalni to'lash va boshqa) qamrab oladi.

&mdaш; Tizimning afzalligi shundaki, birinchidan, taqdim etiladigan maʻlumotlarga zarurat bo'lmasligi hisobiga ijtimoiy nafaqalarga muhtoj oilalar uchun ariza berish jarayoni keskin yengillashadi va ushbu oilalar uchun maʻlumotlarni yig'ish kabi sarsongarchiliklarga barham beriladi, &mdaш; deydi Moliya vazirligi departament direktori Nodir Musliddinov. &mdaш; Ikkinchidan, kam taʻminlanganlikni eʻtirof etish hamda ijtimoiy nafaqalarni tayinlash yoki rad etish jarayoni maksimal darajada shaffoflashadi. Nafaqani tayinlash yoki rad etish to'g'risida qaror faqat mazkur tizim tomonidan (unga kiritilgan mezonlar asosida) qabul qilinadi, bunda hyech qanday inson omili mavjud bo'lmaydi.

Uchinchidan, hozirgi kunda kam taʻminlangan oilalarga davlat tomonidan turli xil yordamlar (bolalarning bepul bog'chaga qatnashi, maktabda bepul darsliklar va qishki kiyim-bosh bilan taʻminlash, sog'liqni saqlash muassasalarida bepul davolanish va boshqalar) ko'rsatilmoqda. Biroq ushbu yordamlarga muhtoj oilalarni aniqlash tartibi hyech qanday qonunchilik hujjatlarida belgilanmagan va davlat tomonidan qaysi oilaga qanday hamda necha pullik yordam ko'rsatilgani to'g'risida maʻlumotlar bazasi mavjud emas. Demak, yangi tizim mana shunday maʻlumotlar bazasiga aylanadi va ushbu baza orqali avtomatik tarzda barcha ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko'rsatish imkonini beradi.

Inson omiliga chek qo'yiladimi?

Qaror bilan 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini taqdim etishda fuqarolardan talab etilmaydigan hujjatlar va maʻlumotlar ro'yxati, kam taʻminlangan oila sifatida ro'yxatga olingan oilalarga bepul yoki imtiyozli shartlarda ko'rsatiladigan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ro'yxati tasdiqlandi. Yangi tizim orqali kam taʻminlangan deb eʻtirof etilganlik to'g'risida maʻlumotnoma Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali taqdim etiladi va 12 oy davomida amal qiladi.

&mdaш; Bugungi kunda ijtimoiy nafaqa tayinlashda kerakli hujjatlarni yig'ish jarayoni ancha vaqt va sabr talab etadi, &mdaш; deydi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasi ijro etuvchi direktori o'rinbosari Shuhrat Davronov. &mdaш; Yangi tizim uchun esa muhtoj oila aʻzolarining bor-yo'g'i pasporti, tug'ilganlik to'g'risida guvohnoma (bolalar uchun) va nikohni qayd etish to'g'risida guvohnoma (mavjud bo'lganda) nusxalari talab etiladi. Ushbu hujjatlar mahalla fuqarolar organlariga har oyning 15-sanasigacha taqdim etiladi va bunda ushbu hujjatlarning qabul qilinmasligiga yo'l qo'yilmaydi. Hujjatlar Byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasining tuman (shahar) bo'limlariga taqdim etilgandan so'ng ariza va uning oila aʻzolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlardagi maʻlumotlar tizimga kiritiladi. Oilaning muhtojligini aniqlash uchun zarur bo'ladigan boshqa maʻlumotlar tizim orqali soliq, kadastr, ichki ishlar, mehnat va boshqa idoralardan avtomatik ravishda elektron tarzda olinadi.

Ariza qanday hollarda rad etilishi mumkin?

Qonunchilikda belgilangan mezon va meʻyorlardan kelib chiqib, turli idoralardan olingan maʻlumotlar asosida tizim, hyech qanday inson omilisiz, arizachilar oilasiga ijtimoiy nafaqalarni tayinlaydi yoki tayinlashni rad etadi. Bu bo'yicha qabul qilingan qaror arizachi yoki uning oila aʻzolariga SMS-xabarlar orqali yetkaziladi.

Shu o'rinda qayd etish kerakki, oilaning har bir aʻzosiga to'g'ri keladigan o'rtacha bir oylik daromadning yuqori chegarasi 358 ming so'm etib o'rnatildi. U murojaat qilingan oydan oldingi oxirgi uch oy uchun hisoblanadi va oila aʻzolari soniga bo'lish orqali aniqlanadi.

Arizalar oilaning har bir aʻzosiga to'g'ri keladigan daromad 358 ming so'm, oila tarkibida mehnatga layoqatli va mehnat organlarida «ishsiz» sifatida ro'yxatda turmagan aʻzosi bo'lganda, oila aʻzolarining nomida oxirgi 7 yil davomida ishlab chiqarilgan transport vositasi, ikki yoki undan ortiq transport vositasi va ko'chmas mulk mavjud bo'lganda rad etiladi.

Nafaqa oluvchilar soni 1,5 mln.ga yetkaziladi

Qaror bilan ijtimoiy nafaqa oluvchilar soni hozirgi 600 mingdan joriy yil oxirigacha 1 million 200 ming, 2021 yilda esa 1 million 500 minggacha yetkazilishi belgilangan. Bu borada yangi tizim orqali barcha ijtimoiy yordam bir xil mezon va bir xil hujjat asosida berilishi ko'zda tutilgan. Eng muhimi, kelgusi yil 1 yanvardan boshlab, kam taʻminlangan oila maqomini olish uchun fuqarolardan hozirgidek 12 ta idoradan 30 dan ziyod maʻlumotlar talab qilinmaydi. Ehtiyojmand oilalarga 30 turdagi ijtimoiy yordam va xizmatlar oson va qulay tarzda taqdim etiladi.

Taʻkidlash kerakki, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi tajriba-sinov tariqasida Sirdaryo viloyati hududida 2019 yilning 1 oktyabridan boshlab shu kunga qadar ishlatib kelinmoqda. Ushbu yangilik 2020 yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich respublikaning qolgan 13 ta hududida tatbiq etiladi. Mazkur tizimning egasi va foydalanuvchisi Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan tashqari Pensiya jamg'armasi hisoblanadi.

Muxtasar aytganda, endilikda davlat ijtimoiy xizmatlari va yordamini olish jarayonida barcha maʻlumotlar elektron shaklda taqdim etilishi evaziga ortiqcha qog'ozbozlik yo'qoladi va byuro&шy;kratik to'siqlar bartaraf etiladi. Xizmatlar va yordam olishning shaffofligi, manzilliligi taʻminlanib, jarayon tezlashadi. Oilalarning ehtiyojmandlik darajasini va belgilangan mezonlarga muvofiqligi real vaqt rejimida baholab boriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning kelgusi siyosatini ishlab chiqishda ijtimoiy himoyaga doir aniq statistik maʻlumotlar bazasi yaratiladi.

Sanjar ISMATOV


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.