
Foto: “Xalq soʻzi”
Har yili 3-dekabr sanasida “Xalqaro nogironlar kuni” bayram sifatida nishonlanadi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad butun dunyoda nogironligi boʻlgan insonlarning barcha kishilar bilan teng huquqlilik asosida ularning manfaatlari, huquqlari inobatga olinishini, barcha mamlakatlarda nogironlarning qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar va tartib-taomillarning joriy etilishini taʼminlab, barcha uchun ochiq va doʻstona boʻlgan jamiyat qurishdan iboratdir.
Yurtimizda ham nogironligi boʻlgan shaxslarning manfaatlarini himoya qilish, ularni jamiyatimizning toʻlaqonli aʼzosi ekanliklarini koʻrsatish maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda.
“Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyat boʻlimi tomonidan ham nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida viloyatdagi nogironligi boʻlgan 60 nafar fuqarolarga 22 million soʻmlik, shundan 6 nafariga nogironlik aravachalari, 55 nafariga esa ehtiyojiga koʻra kiyim-kechaklar berildi.
Shuningdek, Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashining tegishli qaroriga asosan fondning Samarqand shahar boʻlinmasi qoshida tashkil qilingan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisob raqamidan kattalar va bolalar uchun moʻljallangan 53 dona nogironlik aravachalari xarid qilish uchun 79,3 million soʻm, 30 dona kattalar eshitish moslamasi xarid qilish uchun 40,5 million soʻm hamda 12 dona yurish moslamasi (xodunok) xarid qilish uchun 7,6 million soʻm, jami 127,4 million soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.
— Oltmish olti yoshdaman va hozirgi kunda koʻzlarim ojizligi uchun nogironlik aravachasiga ehtiyojim bor edi, — deydi Samarqand shahridagi “Humo” mahallasida yashovchi Aʼlam Eshonqulov. — Xalqaro nigironlar kuni munosabati bilan menga ham shunday aravacha sovgʻa qilishdi. Bunday eʼtibordan mamnun boʻldim.
Xuddi shunday xayriya tadbirlari fondning hududiy boʻlinmalari tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida oʻtkazildi.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.
Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi
Kelayotgan hafta davomida Oʻzbekistonning 9 ta viloyati hududida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda 'Oʻzgidromet' agentligi'xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 23-27-mart kunlari kutilayotgan yomgʻirlar yogʻishi sababli, respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.Quyidagi hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin:'Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvch
Xorazmda bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi ochildi
Odilbek ODAMBOYEV/'Xalq soʻzi'. Mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga alohida qaratilmoqda. Jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim olishi, iqtidori va qobiliyatini yuzaga chiqarishi uchun teng sharoitlar yaratilyapti. Navroʻz bayrami arafasida Xorazm viloyatining Urganch tumanida ish boshlagan bolalar ijodi va iqtidorini rivojlantirish inklyuziv markazi bu yoʻnalishdagi yana bir xayrli qadam bo
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg