
Bugun mamlakatimiz hududlarida zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ichki va tashqi sayyohlikni keng targʻib qilish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, turizm ham iqtisodiy, ham ijtimoiy-madaniy ahamiyatga ega keng qamrovli soha boʻlib, daromadliligi jihatidan dunyoda yetakchi oʻrinlardan birini egallaydi. Muhimi, kam xarajat bilan koʻp ish oʻrinlari yaratish imkonini beradi.
Betakror qadimiy obidalari, muqaddas ziyoratgohlari, oʻziga xos tabiat olami mavjudligi bilan Navoiy viloyati ham turizmni rivojlantirish uchun qulay hududlardan biri. Viloyatda 70 dan ziyod arxitektura, 306 ta arxeologiya va 45 ta monumental obyektlar mavjud. Shuningdek, sayyohlarni nafaqat ushbu tarixiy-meʼmoriy obyekt va ziyoratgohlar, balki hududning oʻziga xos hayvonot olami, sarhadsiz qumliklardan iborat choʻllari va serviqor togʻlari, lojuvard koʻllari ham oʻziga jalb etadi. Albatta, bu imkoniyatlar sohaning shunga mos ravishda xalqaro andozalar darajasida sayyohlik xizmati koʻrsatishini taqozo etadi.
Viloyat hokimligi va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti hamkorlik loyihasi asosida rossiyalik va qozogʻistonlik hamkorlar ishtirokida boʻlib oʻtgan “Turizm sohasi milliy iqtisodiyotning muhim drayveri” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda shu jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Shuningdek konferensiyada Oʻzbekistonda ichki va kiruvchi turizmni barqaror rivojlantirish surʼatlari va sohada kadrlar tayyorlash siyosati, Yangi Oʻzbekistonda raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali turizm xizmatlarining raqobatbardoshligini oshirish kabi mavzularda muhokama va munozaralar oʻtkazildi.
— Anjumandan koʻzlangan asosiy maqsad turizm sohasini milliy iqtisodiyotning muhim drayveri sifatida rivojlantirishning nazariy-metodologik masalalari borasida xalqaro tajribalar oʻrtoqlashishdan iborat, — deydi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti professori Iskandar Toʻxliyev. — Uning Navoiy viloyatida oʻtkazilishi bejiz emas. Boisi, hudud oʻz sayyohlik jozibadorligi bilan har ikki qoʻshni viloyatlardan (Samarqand va Buxoro) qolishmaydi. Shu sababdan Navoiy viloyatida turizm sohasini yanada rivojlantirishda tarixiy, madaniy va maʼnaviy merosidan oqilona foydalanish, tashrif buyuruvchi turistlar oqimini koʻpaytirishning yangi yoʻnalishlari borasida fikrlar koʻproq oʻrtaga tashlandi.
Anjumanda turizmni, avvalambor, xususiy sektorda rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻrsatilayotgan xizmatlarning raqobatbardoshligini va sifatini oshirish, milliy turizm mahsulotini dunyo bozorida faol va kompleks ravishda targʻib qilish masalalari yuzasidan tajribalar oʻrtaga tashlanib, tavsiyalar ishlab chiqildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi
Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland