calendar 30 Nov 11:53
eye 141
comments 0
comments Manba: zarnews

Dunyo voqealari qisqa satrlarda: "Netanyaxu davri" tugashi bashorat qilindi. Janubiy Koreyaning mashhur musiqachilari armiyaga otlandi. Belarusda boylik solig'i joriy etildi

image

🔻 HAMAS qo'shinlarini shay holatga keltirdi. Uzaytirilgan sulh bugun ertalab soat 7:00 da tugadi. Tomonlar yangi uzaytirish bo'yicha kelisha olgani haqida xabar bo'lmadi. Navbatdagi garovga olinganlarni ozod qilish bo'yicha muzokaralar davom etar ekan, harbiy harakatlardagi operativ pauza davom etishi aytilmoqda.

🔻 Noqulay ob-havo tufayli Vnukovo, Domodedovo va Sheremetevoda kamida reyslar kechiktirilgan va 6 tasi bekor qilingan.

🔻 Qozog'iston parlamentining quyi palatasi maktab o'quvchilariga dars vaqtida telefondan foydalanishni taqiqlovchi qonunni qabul qildi. Shunga o'xshash qonun loyihasi hozir Rossiyada ko'rib chiqilmoqda.

🔻 Qatarga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer "Hamad" aeroportida kutib olinmadi. Diplomatlar uni olib ketishlari uchun prezident taxminan 30 daqiqa kutishiga to'g'ri kelgan.

🔻 Bayden Si Tszinpinni taniqli xitoylik siyosatchi Deng Syaopin bilan chalkashtirib yubordi. Avvalroq Bayden AQShning sobiq prezidenti Donald Trampni adashib kongressmen deb atagan edi.

🔻 AQShning sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer 100 yoshida vafot etdi. Amerikaning buyuk davlat arboblaridan biri - doktor Kissinjyer aqlli va ayyor, munosabatlar o'rnatishga usta bo'lgan diplomatiyaning haqiqiy afsonasi edi. G.Kissinjyer Nizomiy Ganjaviy nomidagi xalqaro markazning faxriy aʻzosi bo'lgan va Markazning maxsus oltin medali bilan taqdirlangan.

🔻 Germaniya politsiyasi kelib chiqishi afg'on bo'lgan 15 yoshli o'smir va 16 yoshli Rossiya fuqarosini Kyolnda terakt tayyorlaganlikda gumon qilib, hibsga oldi.

🔻 Frantsiya mehnat, to'liq bandlik va integratsiya vaziri Olivye Dyuso qarindosh-urug'chilik holati bo'yicha, tender korruptsiyasida ayblanmoqda, u 10 oylik shartli qamoq va 15 ming yevro miqdorida jarimaga tortilishi mumkin.

🔻 Ukraina aholisining prezident Vladimir Zelenskiyga ishonchi pasaygan. So'rovlarga ko'ra, noyabr oyi o'rtalarida prezident Zelenskiyga bo'lgan ishonch 32 foizga tushib ketgan, bu Zalujniyning (70 foiz) yarmini tashkil etadi. Ukraina razvedkasi rahbari Kirill Budanovning reytingi ham prezidentdan yuqori (45 foiz).

🔻 Rossiya Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotiga aʻzo davlatlarning 28-konferentsiyasida bo'lib o'tgan ovoz berish natijalariga ko'ra, Rossiya Kimyoviy Qurollarni taqiqlash tashkiloti kengashidagi o'rnini yo'qotgan. Litva, Polsha va Ukraina Sharqiy Evropa guruhidan tashkilot Ijroiya kengashidagi o'rinlarni olgan.

🔻 Belarusda progressiv soliqqa tortish tizimi joriy etildi. Endi "boylik solig'i" taxminan 8-9 ming kishiga taʻsir qiladi. Shuningdek, yiliga 25 million rubldan ortiq foyda olishda daromad solig'i stavkalarini 25 foizga oshirish niyatida. Hozirda bu soliq 20 foizni tashkil etadi.

🔻 Bosh vazir Benyamin Netanyaxu boshchiligidagi hozirgi Isroil hukumati Yaqin Sharqdagi mojaro tugaganidan keyin o'z ahamiyatini yo'qotadi. Bu fikrni Isroil tashqi ishlar vazirligining sobiq rahbari Tsipi Livni bildirdi. Hozirgi hukumat Isroilga xavfsizlikni taʻminlamagan, faqat "shiorlar va bo'linish" bilan shug'ullangan. "7 oktyabrdagi dahshatli voqealar barchamiz bir qayiqda ekanligimizni ko'rsatdi: yahudiylar, druzlar, badaviylar, isroillik arablar. Bu kelajakda mustaqil Isroil davlati uchun yangi umumiy asos topish imkoniyatini berishi mumkin. Buning uchun biz falastinliklar bilan ikki davlat yechimi shaklida sulh tuzishimiz kerak", deya qo'shimcha qildi Livni.

🔻 Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Evropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) Tashqi ishlar vazirlarining Makedoniya poytaxti Skopedagi yig'ilishiga keldi. AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken yig'ilishni Lavrov kelishidan oldin tark etgan.

🔻 Millionlab qizlarning sevimli musiqachilari armiyaga otlanmoqda. BTS key-pop guruhining qolgan to'rt nafar aʻzosi yil oxirigacha Janubiy Koreya armiyasida xizmat qila boshlaydi. Jamoaning yana uch nafar aʻzosi allaqachon harbiy xizmatni o'tamoqda.

G.Xoldorova tayyorladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
50
0
xs.uz

“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq

20 Mar 12:50
 
52
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

18 Apr 11:08
 
44
0
xs.uz

Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi

Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan

18 Apr 11:08
 
43
0
xs.uz

Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi

Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq