calendar 30 Nov 10:21
eye 128
comments 0
comments Manba: xs

Olmaotada bolalar oʻrtasida qizamiq tarqalib ketgan. Rasmiylar izoh berdi

image

Illyustrativ foto

Emlashdan bosh tortish Olmaota bolalar orasida qizamiqning keng tarqalishiga olib kelgan. Shahar akimati (hokimligi) xuddi shunday bayonot bilan chiqdi.

“Olmaotada bolalarda qizamiq bilan kasallanishning koʻpayishi qayd etildi, bu ota-onalarning farzandini emlashdan bosh tortishi bilan izohlanadi”, deyiladi xabarda.

Shahar sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Olmaotada 2771 nafar bolada qizamiq kasalligi qayd etilgan. Kasallanganlarning 2170 nafari 14 yoshgacha boʻlgan bolalar, 113 nafari 15 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar tashkil etmoqda.

“Vaksinalardan bosh tortishni koʻpincha diniy sabablarga bogʻlashadi, ammo islomda ham, pravoslavda ham emlash taqiqlanmagan”, deyiladi akimat munosabatida.

Avvalroq, Qozogʻiston sogʻliqni saqlash vaziri Ajar Giniyat mamlakatda qizamiq bilan kasallanish boʻyicha beqaror epidemiologik vaziyat mavjudligi, har kuni 250-350 ga yaqin holat qayd etilgani haqida maʼlum qilgandi. Yil boshidan buyon mamlakatda 17 mingdan ortiq qizamiq infeksiyasi qayd etilgan boʻlib, ularning 83 foizi emlanmagan bolalarga toʻgʻri keladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Mar 16:44
 
70
0
xs.uz

Gʻazodagi havo hujumida HAMAS harakatining yuqori martabali rasmiysi halok boʻldi

Isroilning Gʻazo janubidagi Xon Yunis shahriga uyushtirgan havo hujumi oqibatida HAMASning siyosiy yetakchilaridan biri Saloh al-Bardavil halok boʻldi. Bu haqida 'BBC' nashri xabar berdi.Mahalliy aholi vakillarining soʻzlariga koʻra, Isroil tomonidan uyushtirilgan havo hujumi natijasida XAMASning eng yuqori martabali siyosiy yetakchisi hisoblangan Al-Bardavil hamda uning rafiqasi halok boʻlgan. Hozircha mazkur hujum oqibatlari haqida Isroil rasmiylari hech qanday izoh bermagan.Maʼlum boʻl

21 Apr 08:34
 
365
0
xs.uz

“Google” reklama sohasida monopol tashkilot deb topildi

Qoʻshma Shtatlar sudi 'Google' kompaniyasining reklama tarqatishdagi yondashuvlari monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganligini aniqlagan. U oʻn yildan ortiq vaqt davomida reklama sohasida oʻzining monopoliyasini oʻrnatgan va raqobatchilarni cheklab kelgan.Sud tomonlarga internet giganti monopolist sifatida tan olinganidan keyingi harakatlar boʻyicha pozitsiyalarini shakllantirish uchun vaqt bergan.Taʼkidlash joiz, hamkorlarga oldindan oʻrnatish uchun koʻplab milliard dollarlik toʻlovlar

18 Apr 11:08
 
36
0
xs.uz

Kolumbiyada xavfli kasallik tarqalishi sababli favqulodda holat eʼlon qilindi

Kolumbiyada sariq isitma avj olgani sababli favqulodda holat eʼlon qilindi. Bu haqda mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri Gilermo Alfonso Jaramillo 'Senal Colombia' telekanali orqali maʼlum qildi.'Prezident Gustavo Petro boshchiligidagi hukumat mamlakatda sogʻliqni saqlash boʻyicha favqulodda holat eʼlon qildi', dedi u oʻz chiqishida.Vazirning taʼkidlashicha, Kolumbiyada 74 ta infeksiya holati aniqlangan, ulardan 34 tasi oʻlim bilan yakunlangan.

21 Apr 08:34
 
22
0
xs.uz

Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi

Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish