calendar 29 Nov 12:52
eye 98
comments 0
comments Manba: zarnews

1 dekabrdan O'zbekiston qonunchiligida nimalar o'zgaradi?

image

Norma.uz portali 2023 yil 1 dekabrdan kuchga kiradigan milliy qonunchilikdagi asosiy o'zgarishlar sharhini taqdim etdi.

Unga ko'ra:
- Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori oshirilmoqda
Byudjyet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga, BHM – 3 foizga oshmoqda. Mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – oyiga 1 050 000 so'm; pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 372 000 so'mni tashkil etadi.

- Aholi va biznesdan bir qator maʻlumotlarni talab qilish to'xtatiladi
Aholi va tadbirkorlik subʻyektlaridan 47 turdagi maʻlumotlarni talab qilish bekor qilinmoqda. Tegishli maʻlumotlarni «Raqamli hukumat» tizimi idoralararo integratsiyalashuv platformasida raqamli shaklda olish mumkin.

- Olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy valyutasi miqdori oshirilmoqda
Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 100 mln so'm ekvivalentidan ortiq miqdordagi milliy naqd valyuta va (yoki) naqd chet el valyutasi yo'lovchi bojxona deklaratsiyasini to'ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo'li bilan bojxona nazoratidan o'tkaziladi (ilgari bu miqdor 70 mln so'mni tashkil etgan).

- Ayrim davlat xizmatlari MIZ direktsiyalari tomonidan ko'rsatiladi
Quyidagi davlat xizmatlari, YaIDXP va davlat xizmatlari markazlaridan tashqari, bevosita maxsus iqtisodiy zonalar (MIZ) direktsiyasi tomonidan ham amalga oshiriladi:
• investitsiya loyihalarini joylashtirish;
• ishtirokchilarni ro'yxatga olish;
• investitsiya loyihalarni amalga oshirish va ijara shartnomalarini imzolash.

- Nasldor chorva mollariga QQS to'lash tizimi o'zgarmoqda
Chorvachilik xo'jaliklari o'z ehtiyoji uchun import qilgan nasldor qoramollarga hisoblangan QQSni Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasining kafolati asosida 180 kun ichida to'lab berish tizimi joriy etiladi.

- «Tashqi reklama» raqamli monitoringi ishga tushiriladi
Reklama joyi pasportini shakllantiruvchi «Tashqi reklama» raqamli monitoring elektron tizimi ishga tushirilmoqda.
Auktsion natijalari bo'yicha to'lov hamda reklamani joylashtirish uchun yig'im o'rniga miqdori ochiq elektron auktsion orqali aniqlanadigan yagona har oylik yig'im kiritilmoqda.

- Zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi
Magnitudasi 5 va undan yuqori balli zilzilalar ro'yxatga olinganda «Kuchli zilziladan ogohlantirish» mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to'g'risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

- Sport maktablariga qabul davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali amalga oshiriladi
• Davlat sport-taʻlim muassasalariga;
• O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning o'qishini ko'chirishni endilikda davlat xizmatlari markazi va YaIDXP orqali ko'rsatiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.