Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Rossiyada saylovlar qachon eʻlon qilinadi? Shimoliy Koreya ayg'oqchi sunʻiy yo'ldoshi "Oq uy"ni rasmga oldi. Oltin narxi eng yuqori darajada

🔻 Rossiya Federatsiya Kengashi 13 dekabrdagi yig'ilishida kelasi yilning mart oyida bo'lib o'tishi kerak bo'lgan prezidentlik saylovlarini eʻlon qiladi.
🔻 Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaga qarshi "yana uch ming munosib chechen askari"ni yuboradi. "Oliy Bosh qo'mondonimiz Vladimir Putin tomonidan qo'yilgan vazifalarni hal qilish uchun biz hyech qanday kuch va vositalarimizni ayamaymiz", deb yozdi Qodirov. Ular allaqachon Rossiya Mudofaa vazirligi va Rossiya Milliy gvardiyasining yangi bo'linmalari tarkibida xizmat qilishni boshladi.
🔻 Sankt-Peterburgdan ikki baravar katta bo'lgan bahaybat aysberg Tinch okeanining janubiy qismida bemalol suzib yuribdi. Antarktidadan 1986 yilda uzilgan va 30 yildan ortiq vaqt davomida to'xtab qolgan dunyodagi eng katta aysberg Tinch okeanidagi tiniq suvda paydo bo'ldi va tez orada qulashi mumkin.
🔻 Tramp Argentinaning yangi prezidenti inauguratsiyasida ishtirok etishdan bosh tortdi. U saylovoldi tashviqoti tadbirlari bilan band bo'ladi.
🔻 Rossiyada noqonuniy migrantlarga mashina haydash va guvohnoma olish taqiqlanishi mumkin. Ular haydovchilik guvohnomasini ololmaydi, mashina boshqarolmaydi, pul ko'chira olmaydi.
🔻 G'azo sektoridagi pauza tugaganidan so'ng Isroil armiyasi yanada shiddatli janglarni davom ettiradi va butun anklav bo'ylab harakat qiladi. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri "Givati" brigadasi askarlari bilan uchrashuvda maʻlum qilgan.
🔻 Kim Chen In Shimoliy Koreya yaqinda uchirilgan ayg'oqchi sunʻiy yo'ldoshi tomonidan olingan Oq uy suratlarini mamnun bo'lib tomosha qildi. Razvedka sunʻiy yo'ldoshi AQShning eng muhim davlat muassasalari, jumladan, AQShning bir qator davlat muassasalari, Oq uy va Pentagonni suratlarini olishga muvaffaq bo'lgan.
🔻 Oltin narxi olti oy ichida eng yuqori ko'rsatkichga yetib, 2 ming dollarlik chegaradan o'tdi. Bu 2023 yil may oyidan beri eng yuqori ko'rsatkichdir. Oltin narxining shunday davom etishi AQSh dollari kursining pasayishi, shuningdek, investorlarning Federal rezerv stavkalarini oshirmasligiga ishonchi bilan bog'liq.
🔻 Shotlandiya hukumati XVI-XVIII asrlarda jodugarlikda ayblangan ayollarni oqlaydigan qonun loyihasini qo'llab-quvvatlamadi. Jodugar ovi qurbonlari vafotidan keyin reabilitatsiya qilish bo'yicha tegishli tashabbus parlament aʻzosi Natali Don tomonidan ilgari surilgan edi. Biroq Vazirlar Mahkamasi ushbu masala bo'yicha qarorni keyinga qoldirishga qaror qilgan. Shotlandiyada 1563-1736 yillarda "Jodugarlik to'g'risida"gi qonun bo'yicha to'rt mingga yaqin ayol qiynoqqa solingan va hukm qilingan.
🔻 Amerikalik bolalar Rojdestvoda qanday sovg'alarni orzu qilishlari maʻlum bo'ldi. Amerika kompyuter va dasturiy taʻminot assotsiatsiyasi so'roviga ko'ra, videoo'yinlar, tegishli mahsulot va xizmatlar AQSh bolalar va o'smirlar orasida eng ko'p orzu qilingan Rojdestvo sovg'alaridir. Eng ko'p orzu qilingan sovg'a, bu - raqamli obuna bo'lgan. O'yin bilan bog'liq sovg'alar hatto ota-onalar orasida pul, sovg'a kartalari, texnologiya, elektronika va kitoblarga qaraganda yuqori pog'onaga ko'tarilgan.
G.Xoldorova tayyorladi.
“Mojaro aniq” — AQSH sentyabrgacha Eronni yoʻq qilish bilan tahdid qildi
AQSH prezidenti Donald Tramp Tehron va Vashington yadroviy qurol masalasida murosaga kela olmasa, Eronni keng koʻlamli bombardimon qilish bilan tahdid qildi.Oq uy rahbarining keskin bayonotlari Eron Islom Respublikasi maʼmuriyatining AQSH soʻroviga javobi bilan bir vaqtga toʻgʻri keldi. Unda Islom Respublikasi rasmiylari yadroviy qurol boʻyicha muzokaralar oʻtkazishga rozi boʻlgan, biroq raketa dasturini muhokama qilishni istisno qilgan.Mutaxassislarning fikricha, Eron bilan harbiy toʻq
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
Rossiyadagi YTHda bir nafar oʻzbekistonlik halok boʻldi, 5 kishi jarohatlandi
Qayd etilishicha, hodisa 16-aprel kuni soat 01:10 da Saratov viloyati Dergachevskiy tumanining Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir boʻlgan. Ichida Oʻzbekiston fuqarolari boʻlgan 'Lada Largus' avtomashinasi va trassada turgan, 'Autogalantas' yuk mashinasi ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan.Rossiya IIV Davlat yoʻl harakati xavfsizligi inspeksiyasi Saratov viloyati boshqarmasi'xabariga koʻra, toʻqnashuv oqibatida yengil avtomobilda yongʻin kelib chiq