O'zbekiston guruhdagi dastlabki turda Malayziya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.
Bugun, 23 noyabr kuni Qatar poytaxti Doha shahrida 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2024 yilgi Osiyo kubogiga qurʻa tashlandi.
Ushbu qurʻa tashlash marosimida 16 ta terma jamoalar 4 ta guruhga bo'lingan holda 4 ta guruhdan joy olishdi.
Ushbu Osiyo kubogida Parij-2024 Olimpiadasiga yo'llanmalar o'ynaladi va 1-3-o'rinni olgan jamoalar Olimpiadaga chiqadi.
Musobaqa kelasi yilning 15 aprel – 3 may kunlari Qatarda o'tkaziladi.
Guruhlardagi jamoalar va ularning raqiblari bilan tanishing.
"A" guruhi
Qatar
Avstraliya
Iordaniya
Indoneziya
"B" guruhi
Yaponiya
Janubiy Koreya
BAA
Xitoy
"C" guruhi
Saudiya Arabistoni
Iroq
Tailand
Tojikiston
"D" guruhi
O'zbekiston
Vyetnam
Quvayt
Malayziya
Los-Anjeles — 2028: Akademik eshkak eshish sportida yangi dasturlar kiritildi
Amerikaliklar avvalgi O'yinlardan farqli ravishda yengil vaznli sportchilarning yakkalik dasturini chiqarib, uning o'rniga qirg'oqbo'yida kechadigan yo'nalishni kiritdi. Yakkalik va mikst dasturlarida kechadigan ushbu bahslar Tinch okeani sohillarida tashkil etiladi.To'liq dasturlar: yakkalik (M1x, W1x), juftlik (M2-, W2-, M2x, W2x), kvartet (M4x, W4x, M4-, W4-), sakkizlik (M8+, W8+).Sohilbo'yi poygalari: CM1x, CW1x va mikst.
Boks afsonasi 76 yoshda vafot etdi
Boks olamidagi afsona, Olimpiada chempioni va jahon rekordchisi Jorj Forman 76 yoshida hayotdan koʻz yumdi. Uning vafoti 2025-yil 21-mart kuni yaqinlari ishtirokida roʻy bergani oila aʼzolari tomonidan maʼlum qilindi. Rasmiy bayonotda uning oʻlimi qarilik bilan bogʻlanmoqda. 'Qalbimiz chirparchin. Jorj oddiy, sevimli oila boshligʻi, buyuk inson edi', deyiladi Formanlar oilasi murojaatida.Jorj Formanning sportdagi yoʻli buyuk muvaffaqiyatlarga boy. U 1968-yil Mexikoda oʻtgan Olimpiya oʻ
Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas
Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el