Samarqandda voyaga yetmaganlar jinoyati 40 foizga oshgan — Senat

Senat qo'mitasi Kkriminogen vaziyat og'ir deb belgilangan 76 ta taʻlim muassasasiga IIB rahbarlarining biriktirilganligidan maktablarning xabardor emasligini maʻlum qilgan.
Joriy yilning 16 noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi majlisi bo'lib o'tdi. Unda "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi Qonunning Samarqand viloyatidagi ijrosi yuzasidan olib borilgan o'rganish natijalari muhokama qilindi.
Joriy yilda 1345 ta "reyd" tadbiri o'tkazilib, voyaga yetmagan bolalarni nazoratsiz qoldirgan 57 nafar shaxsga nisbatan maʻmuriy jazo choralari qo'llanilgan. Qo'mita tomonidan olib borilgan o'rganishlar davomida amalga oshirilgan ishlar bilan birga, voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklar profilaktikasi borasida ayrim muammolar mavjudligi aniqlangan.
Jumladan, viloyatda voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar sodir etish holati yildan yilga ortib, 2021 yilda 1331 tani, 2022 yilda 3941 tani hamda 2023 yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar orasida sodir etilgan jinoyatlar soni ham ortgan. Xususan, 2022 yilning 8 oyi davomida jinoyatlar soni 92 tani tashkil qilgan bo'lsa, joriy yilning mos davrida bu ko'rsatkich 129 tani tashkil etib, 40 foizga ortgan.
Profilaktik tadbirlar davomida 39 nafar maktab o'quvchisi pornografik, 58 nafari esa zo'ravonlik yoki shafqatsizlikni targ'ib etuvchi materiallar saqlagani aniqlangan. 2221 nafardan ortiq tarbiyasi og'ir bo'lgan bolalar bilan profilaktik suhbatlar olib borilib, 1853 nafar o'quvchining ota-onasiga nisbatan maʻmuriy javobgarlik choralari qo'llanilgan.
Kriminogen vaziyat og'ir deb belgilangan 76 ta taʻlim muassasasiga IIB rahbarlarining biriktirilganligidan maktablarning xabardor emasligi ushbu tizim amalda ishlamayotganligidan dalolat beradi.
O'rganish davomida aksariyat taʻlim muassasalarida o'quv mashg'ulotlariga sababsiz hamda muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlar monitoringini olib borish yo'lga qo'yilmagani ham aniqlangan.
Majlis davomida "Voyaga yetmaganlar o'rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to'g'risida"gi Qonunni takomillashtirish yuzasidan ham fikrlar bildirildi.
Majlis so'nggida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining kun tartibidagi masala yuzasidan Qo'shma qarori qabul qilindi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.