calendar 11 Nov 06:52
eye 125
comments 0
comments Manba: zarnews

"O'zbekiston, albatta, italyan kompaniyalari uchun juda qiziq va muhim bozor" — Italiya OAV Prezident Serjo Mattarellaning O'zbekistonga tashrifi haqida

image

Italiyaning eng qadimiy nashrlaridan biri - «Il Giornale d'Italia» gazetasi 9 noyabr kuni Italiya Prezidentining O'zbekistonga rasmiy tashrifi boshlangani haqida yozdi. Unda O'zbekiston Prezidenti bilan ikki tomonlama muzokaralar, shuningdek, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti filiali faoliyati bilan tanishuvni o'z ichiga olgan tashrif dasturi taqdim etilgan. Shuningdek, Italiya Prezidenti Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurib, O'zbekistonning madaniy-tarixiy merosi bilan tanishishi haqidagi maʻlumotlar mushtariylar eʻtiboriga havola qilingan.

Nashrda O'zbekistonning Lombardiya va Liguriyadagi faxriy konsuli Massimo Pollio bilan O'zbekiston va Italiya o'rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollari, mamlakatimiz salohiyati hamda sayyohlik imkoniyatlariga bag'ishlagan batafsil intervyu bosilgan.

Ushbu mamlakatning yetakchi «Agenzia Nova» axborot agentligining «Nova News» onlayn nashri Italiya Respublikasi rahbarining O'zbekistonga tashrifi doirasida imzolanishi rejalashtirilgan hujjatlar to'plami to'g'risidagi maqolani eʻlon qildi.

«Serjo Mattarella Oskar Luidji Skalfaro tashrifidan so'ng, 1997 yildan buyon Markaziy Osiyoning ushbu davlatiga tashrif buyurgan birinchi Prezident bo'ladi, - deb yozgan elektron nashr. - U o'zbekistonlik hamkasbi Shavkat Mirziyoyev bilan ikki tomonlama uchrashuv o'tkazadi. O'z navbatida, Serjo Mattarella uni yozda Kvirinal saroyida qabul qilgan edi».

Maqolada Serjo Mattarellaning tashrifi joriy yilning iyun oyida Strategik sheriklik munosabatlarini o'rnatish to'g'risidagi qo'shma deklaratsiyaning qabul qilinishi natijasida tubdan o'zgargan Italiya va O'zbekiston aloqalariga yanada turtki berishi taʻkidlangan. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, harbiy, madaniy va turizm sohalarida hamkorlikni mustahkamlashni, shuningdek, ikki yilda bir marta tashqi ishlar vazirlari yoki ularning o'rinbosarlari hamraisligida ikki tomonlama munosabatlar, shuningdek, o'zaro manfaatli global va mintaqaviy muammolarni muhokama qilish uchun strategik muloqot o'rnatishni nazarda tutadi.

«2022 yilda Italiya ushbu Markaziy Osiyo davlatining Evropadagi ikkinchi savdo sherigi bo'ldi. Ikki mamlakat o'rtasidagi o'zaro savdo hajmi 535 million yevrodan oshdi, bu o'tgan yilga nisbatan 32 foizga ko'p. Avvalgi yilda ushbu ko'rsatgich 400 million dollardan sal ko'proqni tashkil qilgan», - deyiladi nashrda.

Taʻkidlanishicha, Italiya O'zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash orqali Markaziy Osiyo mintaqasiga eʻtiborni kuchaytiradi.

Italiyaning yetakchi «Giornale Diplomatico» onlayn gazetasi «O'zbekiston: Prezident Mattarellaning tashrifi o'zaro munosabatlardagi yangi qadam» sarlavhali maqolani eʻlon qilindi.

O'zbekistonning Florentsiyadagi faxriy konsuli Leonardo Komuchchi qalamiga mansub mazkur maqolada tashrifning ahamiyati va Markaziy Osiyo davlatining roli taʻkidlangan.

Muallif Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil iyun oyida Rim va Milanga tashrifi, oliy darajadagi siyosiy va ishbilarmonlik uchrashuvlari, shuningdek, strategik sheriklik to'g'risidagi bitim imzolanganidan so'ng O'zbekiston Italiyaning yaqin hamkorlaridan biriga aylanganini alohida qayd etgan. Prezident Serjo Mattarella o'z tashrifi bilan Markaziy Osiyoga darvoza bo'lgan ushbu davlatga alohida eʻtibor qaratmoqda, deyiladi maqolada.

«O'zbekiston, albatta, italyan kompaniyalari uchun juda qiziq va muhim bozor. Mamlakatda 35 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi, 2035 yilga kelib ularning soni 50 millionga yetishi mumkin. Mamlakat aholisining asosini yoshlar tashkil qiladi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham jadal o'sib bormoqda. Bu davlat, shuningdek, siyosiy jihatdan ham barqaror. Bu Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiy sohada ham, fuqarolik huquqlari sohasida ham islohotlarni oqilona boshlagan va muvaffaqiyatli odimlayotgan prezidentlik respublikasidir», - deb taʻkidlagan faxriy konsul.

Leonardo Komuchchi, shuningdek, Italiya Evrosiyo mintaqasida, ayniqsa, dunyoning boshqa mintaqalariga nisbatan barqarorlikni, shuningdek, iqtisodiy nuqtai nazardan dinamiklikni ko'rsatayotgan O'zbekistonda tobora ko'proq ishtirok etishi kerak, degan fikrni ilgari surgan. «Mamlakatda amalga oshirilayotgan yirik qonunchilik o'zgarishlarining muvaffaqiyatli hayotga tadbiq etilishi natijasida yuzaga kelgan xavfsizlik investitsiya va sanoatni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda», - deb yozgan u.

Manba


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

12 Apr 21:15
 
28
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.