Dam olish kunlari havo harorati +18 daraja iliq bo'ladi, shanba kuni yomg'ir yog'adi

"O'zgidromet" xabariga ko'ra, bugun O'zbekiston bo'yicha havo biroz bulutli bo'ladi, baʻzi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi.
Ertaga kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomg'ir yog'adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog'ingarchilik kutilmaydi.
Yakshanba kuni O'zbekiston bo'ylab yana yog'ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab Farg'ona vodiysi viloyatlarida va Toshkent viloyatining baʻzi joylarida yomg'ir yog'adi. 10-12 noyabr kunlari respublikaning baʻzi joylarda shamol tezligi soatiga 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Tog' oldi va tog'li hududlarda 11 va 12 noyabr kunlari kechga tomon yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) kuzatiladi, Toshkent viloyatining baʻzi joylarida yog'ingarchilik kuchli bo'ladi.
Dam olish kunlari havo harorati kechasi +3...+8 daraja kunduzi +13...+18 daraja iliq bo'ladi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.