calendar 26 Sep 05:58
eye 95
comments 0
comments Manba: zarnews

O'tror – Sohibqiron Amir Temurning so'nggi manzili

image

Samarqand shahridagi O'zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida "O'tror-Samarqand: madaniyatlarning umumiy jihatlari" nomli ko'rgazma tashkil etildi. Qozog'istonning O'tror davlat arxeologiya muzey-qo'riqxonasi hamda Samarqand davlat muzey-qo'riqxonasi tomonidan tashkil etilgan ko'rgazmaning ochilish tadbirida har ikki mamlakatdan muzeyshunoslar, olimlar hamda tarix ixlosmandlari jam bo'ldi.

O'tror Buyuk Ipak yo'lining asosiy tarmoqlaridan birida joylashgan, yaqinida Sirdaryo va Aris daryolari oqib o'tadigan, jahon tamaddunida o'z o'rniga ega qutlug' maskanlardan biri bo'lgan. Butun turkiy xalqlarning faxri, islom falsafasining yorqin yulduzi Abu Nosir Forobiy yashagan O'tror qadimdan Hindiston, Xitoy, Vizantiya va boshqa davlatlar bilan doimiy ravishda ilmiy, madaniy, iqtisodiy, diplomatik aloqalarda ishtirok etgan. Bu yerda ilm-fan va madaniyat bilan bir qatorda savdo-sotiq, ishlab chiqarish, dehqonchilik, chorvachilik rivojlangan.

- O'tror qadimdan O'rta Osiyoning Xiva, Buxoro, Samarqand, Shahrisabz, Termiz, Toshkent kabi qadim shaharlari bilan uzviy madaniy aloqalarga ega bo'lgan, - deydi O'tror davlat arxeologiya muzey-qo'riqxonasi rahbari Jangeldi Maxashov. – Bu qadimiy shahar Qoraxoniy turk xoqonligi, so'ngra Xorazmshohlar davlati tarkibida bo'lib, qazishmalarda qadimiy shahar atrofidan mazkur davrlarga oid ko'plab artefaktlar topib o'rganilgan. Amir Temur Xitoyga yurishni maqsad qilib yo'lga chiqqanida mazkur shaharda to'xtagan. Buyuk sarkarda hayotligidagi so'nggi manzili O'tror shahri bo'lgan. Ushbu ko'rgazmadan ko'zlangan maqsad O'rta asrlarda Buyuk ipak yo'lidagi Samarqand va O'tror shaharlarining tarixiy-madaniy aloqalari va madaniyatlar umumiyligini targ'ib qilishdan iborat. 

Tarixiy-maʻrifiy ko'rgazmada O'trorda Buyuk ipak yo'li orqali savdo aloqalari rivojlanganligi va Qoraxoniy turk xoqonligi davridan Qozoq xonligigacha bo'lgan shahar madaniyati, shuningdek, yozma madaniyat rivojidan dalolat beruvchi arxeologik ashyolar namoyish etilmoqda.

Ko'rgazmaning ochilish marosimida viloyat hokimi o'rinbosari Rustam Qobilov va Qozog'iston Respublikasining Samarqand viloyatidagi konsulligi rahbari Bourjon Do'stmambetov ishtirok etdi.

Ko'rgazma 22 oktyabrgacha davom etadi.

S.Mardiyev, J.Shukurov (surat).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Jun 21:56
 
219
0
xs.uz

Navoiydan bahra olgan Gʻarb

Alisher Navoiy nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlarning faxr-u iftixoriga aylangan buyuk mutafakkirdir. Shu paytga qadar turk dunyosida uningchalik katta va sermazmun merosga ega boʻlgan shoirni uchratish qiyin. Alisher Navoiy nafaqat shoir va mutafakkir, balki yirik davlat va jamoat arbobi ham edi. U haqli ravishda oʻziga qadar turkiy tilda hech kim bu qadar yuksak choʻqqilarga chiqa olmaganini namoyish etdi. 'Gʻaroyibus-sigʻar'dan oʻrin olgan bir masnaviyda oʻqiymiz:Men ulmenki,

13 May 14:39
 
744
0
xs.uz

Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo'limi boshlig'i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo'yicha o'rinbosari Shoxrux Isakulov so'zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma'naviy va madaniy dunyoqarashini

31 May 08:51
 
606
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra

31 May 08:51
 
53
0
xs.uz

Vatan manzumasi

Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra