"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning sohaga aloqador bo‘lmagan aktivlarda ishtiroki qat’iy taqiqlanadi


Mutasaddilarga temir yo‘l stansiyalari va ular atrofidagi bo‘sh maydonlardan unumli foydalanib, kompleks logistika xizmatlari hamda yirik ishlab chiqarish loyihalarini shakllantirish topshirildi.
Sohada IT auditini o‘tkazib, malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda “Yagona darcha” axborot tizimini yaratish zarurligi qayd etildi. Bunda, yuk tashish hujjatlarini elektron rasmiylashtirish, vagonlarga GPS o‘rnatish va onlayn ombor axborot tizimi yo‘lga qo‘yilishi lozim.
"O‘zbekiston temir yo‘llari"ning nosohaviy aktivlarini sotish yoki boshqa tarmoqlarga o‘tkazish, sotishdan tushgan mablag‘larni temir yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltirish vazifasi qo‘yildi. Endilikda "O‘TY"ning nosohaviy aktivlarda ishtiroki qat’iy taqiqlanadi.
Shuningdek, mutasaddilarga barcha temir yo‘l kesishmalarini xatlovdan o‘tkazish va tartibga solishga topshiriq berildi.
Belgilangan chora-tadbirlar ijrosi bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqib, uning amalga oshirilishi yuzasidan Prezidentga muntazam axborot kiritib borish vazifasi qo‘yildi.
Yig‘ilish yakunida soha uchun mas’ullarning axboroti va takliflari tinglandi.
ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ
Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * * Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush