Markaz va Turkiyaning yetakchi “aql markaz”lari o‘rtasida hamkorlik aloqalari rivojlantiriladi


“Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori Eldor Tulyakov Turkiyaning yetakchi “aql markaz”lari Anqara inqiroz va siyosiy tadqiqotlar markazi (ANKASAM) direktori Mexmet Sayfetdin Erol, Strategik fikr instituti (SDE) direktori Guray Alpar hamda “Sohibqiron” strategik tadqiqotlar markazi (SASAM) direktori Mesut Emre Karakoselar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Bu haqda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvlar avvalida Markaz rahbari E.Tulyakov turkiyalik hamkorlarni mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalar, joriy yil 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi hamda mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezidentlik saylovi va uning o‘tkazilish jarayoni haqidagi ma’lumotlar bilan tanishtirib o‘tdi.
Shuningdek, tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston–Turkiya o‘rtasidagi Strategik hamkorlik aloqalari ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi sabab jadal rivojlanib borayotganligi, xususan buni parlamentlararo, davlat idoralari, ishbilarmon doiralar va tahlil markazlari o‘rtasidagi aloqalarning mustahkamlanib borayotganligi misolida ham ko‘rish mumkinligi ta’kidlashdi.
Jumladan, bu jarayonlar siyosat, xavfsizlik va mudofaa, savdo va iqtisodiyot, investisiya, turizm, energetika, transport, qishloq hamda o‘rmon xo‘jaligi, ta’lim, fan va texnika, sog‘liqni saqlash va boshqa o‘zaro manfaatli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishda yaqqol namoyon bo‘layotganligini aytib o‘tishdi.
Shu bilan birga, tomonlar 2021 yilda imzolangan hamkorlik Memorandumlari doirasida boshlangan o‘zaro manfaatli sohalardagi qo‘shma loyiha, tadbir va tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish borasida o‘zaro fikr almashishdi.
“Andijon turmasi” shahar chekkasiga koʻchiriladi
Andijon shahri markazidagi 'Andijon turmasi' nomi bilan tanilgan 3-son tergov hibsxonasi koʻchiriladi. Bu haqda viloyatda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtayotgan yigʻilishda'maʼlum qilindi.Yigʻilishda qurilish va infratuzilma masalalari muhokama qilinar ekan, Xonobod-Andijon magistral suv quvurining 1-tarmogʻidan suv oqimi kamligi sababli 6 ta tumandagi 510 ming aholiga suv yetkazib berishda muammolar borligi koʻrsatib oʻtildi.Shu bois, ushbu quvurning 2-tarmogʻini qurish zar
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Oʻzbekistonning Jiddadagi yangi bosh konsuli tayinlandi
Oʻzbekistonning Jidda shahridagi yangi tayinlangan bosh konsuli Sirojiddin Shamsutdinov Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi Jidda boʻlimi bosh direktori birinchi oʻrinbosari Ahmad Muhammad Qutb bilan uchrashdi, deb'xabar bermoqda''Dunyo' AA. Qayd etilishicha, muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aloqalarning bugungi holati va istiqbollari xususida fikr almashilgan.Ahmad Muhammad Qutb Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni rahbarlari oʻrtasida oʻrnatilgan y
Prezident Bobur shahrida oʻtkazilgan tantanali marosimda nutq soʻzladi
Avvalo, siz, azizlar bilan yurtimizda ko'klam nafasi kezib yurgan mana shunday fayzli kunlarda diydor ko'rishib turganimdan g'oyat mamnunman. Barchangizga o'zimning yuksak hurmat va ehtiromimni bildiraman.Hammangizga ma'lumki, inson qadrini ulug'lash, xalqimizning huquq va manfaatlarini ta'minlash, shu asosda odamlarni hayotdan rozi qilish ' Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlarning bosh maqsadidir.Bugun jonajon Vatanimizning barcha viloyatlari, qishloq va ovullarida ana shu ulug' va