calendar 20 Mar 11:21
eye 79
comments 0
comments Manba: xs

Mirishkordagi harbiy shaharchada bayram quvonchi oʻzgacha boʻldi

image

Foto: Xalq so‘zi

Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Turkmaniston Respublikasi bilan chegara hududida joylashgan harbiy shaharcha ahli uchun bu yilgi Navroʻz yanada quvonchli va esda qolarli boʻldi.

Bayram munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda sarhadlarimiz osudaligi yoʻlida xizmat qilayotgan chegarachilar uchun 20 xonadondan iborat yangi turar joy topshirildi.

— Asli Jizzax viloyatidanman, — deydi serjant Fazliddin Fayzullayev. —  Oilaliman, ikki nafar farzandim bor. Bugun yangi, keng va yorugʻ xonadonga ega boʻldik. Bu yerda bir oila toʻkis yashashi uchun barcha qulaylik muhayyo. Albatta, harbiy xizmatchining oilasi tinch, farzandlaridan koʻngli xotirjam boʻlsagina, bor diqqat-eʼtiborini xizmatga qarata oladi. Shu maʼnoda davlatimiz tomonidan biz, harbiylarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan juda mamnunmiz.

Shuningdek, harbiy shaharchada barpo etilgan 30 oʻrinli yangi maktabgacha taʼlim muassasasi va sport maydonchasi ham yurt posbonlari va ularning oila aʼzolari uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

Jahongir BOYMURODOV,  «Xalq soʻzi».


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:33
 
21
0
xs.uz

Muddatli harbiy xizmatchilar Vatanga qasamyod qildi

Bugun, 20-aprel kuni Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism va muassasalarida tantanali ravishda harbiy xizmatga yangi chaqirilgan muddatli harbiy xizmatchilarni Vatanga qasamyod keltirish marosimi o'tkazildi.Xususan, poytaxtimizdagi 'Vatanga qasamyod' majmuasida o'tkazilgan marosimda mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig'i general-mayor Zaynobiddin'Iminov yig'ilganlar e'tiboriga mudofaa vazirining askarlarga tabrigini o'qib eshittirdi. Shuningdek, Mudofa

14 Apr 06:18
 
36
0
xs.uz

IIB qidiruvidagi shaxs Navoiyda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, qidiruv eʼlon qilingan shaxs Navoiy viloyatida qoʻlga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, Gʻijduvon tumani 'Zarangari' mahallasida roʻyxatda turuvchi T.Y. ismli fuqaro muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shundan soʻng unga nisbatan tuman IIB qidiruv eʼlon qilgan.Buxoro viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan qidiru

20 Mar 12:53
 
64
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

04 Apr 16:19
 
53
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy