calendar 10 Jan 16:21
eye 69
comments 0
comments Manba: xs

Stroganov nomidagi Rossiya akademiyasida Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosining 200 dan ortiq ashyolari aniqlandi

image

Butunjahon jamiyati ofisida Stroganov nomidagi Moskva davlat sanʼat va sanoat akademiyasining sanʼat tarixi va gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor Kirill Gavrilin bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Muloqotda Oʻzbekistonga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlash ishlari muhokama qilindi. Qayd etilishicha, mamlakatimizga tegishli ashyolarni qidirish va aniqlashga bir necha oy vaqtni talab qilgan.

— Oʻtgan yilning yozida Samarqandda boʻlib oʻtgan VI Kongressda ishtirok etish taklifi uchun Butunjahon jamiyatiga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Nafaqat dunyoning yetakchi sharqshunos olimlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlgan, balki “Oʻzbekiston madaniy merosi jahon toʻplamlarida” loyihasi tashkiloti tomonidan Oʻzbekiston madaniy-tarixiy merosi obyektlarini izlash, aniqlash va nashr etish boʻyicha chuqur va tizimli ishlar olib borgani uchun ham tashakkur izhor qilmoqchiman. Butunjahon jamiyati talabiga binoan va Stroganov nomidagi Rossiya davlat sanʼat va sanoat akademiyasi fondlarida oʻtkazilgan tadqiqotlari shuni koʻrsatdiki, bizda Oʻzbekistonga taalluqli 200 dan ortiq madaniy meros mavjud. Eng katta fond esa Oʻzbekiston meʼmoriy kulolchilik buyumlari boʻlib, aftidan, XX asr boshlarida oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan taniqli rassom, kulolchi, texnolog, restavrator Aleksey Filippov kolleksiyasidir. Kundaliklardagi yozuvlarga koʻra, u hali Nikolay II davridayoq oʻzbek kulolchilik buyumlarini yigʻishni boshlagan. Bu kolleksiya yaqinda kashf etilgan boʻlib, u nafaqat asr boshlaridagi amaliy sanʼat namunalari, balki talabalar ekspeditsiyalari tomonidan Moskvaga olib kelingan 60-70 yillardagi kulolchilik buyumlari bilan ham namoyish etilgan, — deydi professor K. Gavrilin.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, asrash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tashabbusi bilan universitet mutaxassislari chuqur izlanishlar olib bordi va Oʻzbekiston madaniy merosining chinakam noyob obyektlarini kashf etdi. Fondda metall, xalq kulolchilik buyumlari namunalari, Xorazm yogʻochlari bor. Ularning barchasi uzoq vaqt davomida oʻrganilmagan. Alohida buyumlar, shuningdek, sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlaridan, shu jumladan, Oʻzbekistondan kelgan barcha dekorativ sanʼat ustalari tahsil olgan universitet filiali – Kalinin maktabida saqlanadi. Ayrim ashyolar 1964-yil Xorazm inqilobiy muzeyidan olingan.

— Mazkur kolleksiya Markaziy Osiyo bozori uchun yaratilgan muhtasham ustunlar, eshiklar, kulolchilik va chinni buyumlar bilan ifodalanadi. Urush yillarida Oʻzbekistondan evakuatsiya qilingan rassomlarning suratlari namunalari ham mavjud. Baʼzi rasmlar, ehtimolki, allaqachon yoʻqolgan merosni ifodalaydi va biz tadqiqotimizga kiritadigan eng muhim manbadir. Butunjahon jamiyatining qoʻshma loyihasi doirasida biz oʻrganayotgan yana bir fond bu Pushkin maydonidagi Rossiyaning zamonaviy tarix markaziy davlat muzeyidir. Ularning fondida juda koʻp oʻzbek buyumlari bor. Bular yuqori darajadagi sovgʻalar, xalqaro koʻrgazmalarga yuborilgan buyumlar, 30-50 yillardagi oʻzbek rassomlarining eng yaxshi rasmlari va boshqalar. Bu kolleksiya Oʻzbekistonning eng yaxshi ustalari tomonidan yaratilgan birinchi darajali buyumlar bilan ifodalanadi, — dedi professor K. Gavrilin.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, ushbu loyiha muallifi va rahbari Firdavs Abduxoliqov hisoblanadi. Uning homiysi Eriell Group neft-servis kompaniyasidir.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
59
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19

04 Apr 16:19
 
50
0
xs.uz

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda

Qonun bilan Jinoyat kodeksiga binolar va inshootlardan foydalanishga doir ruxsatnoma berish hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish qoidalarini buzganlik, shaharsozlik sohasidagi vakolatli davlat organlarining ruxsatisiz obyektlarni qurganlik, qonunchilikni buzgan holda koʻp kvartirali uylardagi tayanch konstruksiyalarni oʻzgartirganlik va (yoki) rekonstruksiya qilganlik, shuningdek binolar va inshootlarni aholi punktlarining tasdiqlangan bosh rejalari, ularni rejalashtirish va qurish loy

04 Apr 16:19
 
47
0
xs.uz

Ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik uchun javobgarlik belgilandi

Oʻzbekistonda ommaviy tartibsizliklar sodir etish uchun oʻquvdan oʻtganlar 225 mln soʻmgacha jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Maʼlum qilinishicha, bugun, 27-mart kuni qabul qilingan qonun (OʻRQ-1051) bilan Jinoyat kodeksining 244-moddasiga ommaviy tartibsizliklar sodir etish maqsadida oʻquvdan oʻtganlik hamda ushbu faoliyatni moliyalashtirganlik uchun javobgarlikni belgilovchi oʻzgartirish kiritish nazarda tutilgan.Qonunga koʻra, sh

20 Mar 12:53
 
46
0
xs.uz

Mamlakatdan noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan 'Navoiy' chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazildi. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etildi.Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan 'Lacetti' rusumli avtomashina toʻxtatildi. Mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 19