
Foto: Xalq so‘zi
Qish mavsumi yaqinlashgani sari aholi turar joylari va ijtimoiy obyektlarni isitish masalasi muammoga aylanadi. Afsuski, hatto viloyat markazlarida ham bu boradagi holatni ijobiy baholab boʻlmaydi. Ayozli kunlarda issiqlik taʼminotidagi uzilishlar haqli eʼtirozlarni keltirib chiqarishi tabiiy. Bu kabi muhim masalalar ustida bosh qotirish, muammoga oqilona yechim izlash davri kelmadimi?
— Shu kungacha qoʻllab kelganimiz mahalliy qozonxonalarning ishlash kafolati bir yil, xolos, — deydi Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi “Issiqlik taʼminoti” davlat-xususiy sheriklik asosidagi isitish korxonasi rahbari Isroiljon Komilov. — Sohadagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun bir qancha davlatlarda boʻlib, ulardagi isitish tizimini oʻrganishimizga toʻgʻri keldi. 2019-yilda Turkiya davlatida keng koʻlamda qoʻllanib kelinayotgan, qolaversa, dunyoning 50 ta davlatiga eksport qilinayotgan zamonaviy, elektr tejamkor, kam harakat va kam xarajat talab etuvchi qozonxonalardan 14 tasini Andijon viloyatiga olib kelib, oʻzimiz barpo etayotgan binolarga oʻrnatdik. Bir yil davomida kuzatib, shunga amin boʻldikki, ushbu qozonxonalar aynan bizning iqlimga va sharoitimizga mos keluvchi mahsulotdir. Shu bois 2020-yilda Boʻston tumanida isitish tizimi bilan shugʻullanuvchi korxonani tashkil etdik. Shu yili tumandagi barcha ijtimoiy obyektlarda qozonxonani sinovdan oʻtkazdik. Natijada mavsum davomida xonalarda 20-27 darajagacha issiq haroratni taʼminlab berdik. Biror kun ham taʼminotda uzilishlar boʻlmadi.
Boʻston tumanida yoʻlga qoʻyilgan yangi tajriba iqtisodiy jihatdan ham bir qancha afzalliklarga sabab boʻldi. Misol uchun, tumanning oʻzida qish mavsumida ijtimoiy obyektlarni isish maqsadida 4 mlrd. 800 mln. soʻm mablagʻ sarflangan boʻlsa, yangi qozonxonalar tufayli bu raqam 3 mlrd. 50 mln. soʻmni tashkil etdi. Demak, 1 mlrd. 750 mln. soʻm mablagʻ iqtisod qilindi. Yangi qozonxonalarning qulaylik jihatlaridan yana biri shundaki, unga elektr taʼminoti yoki tabiiy gazdagi uzilishlarning ahamiyati yoʻq. Boisi, yonilgʻi sifatida koʻmirdan foydalanilgani bois kechayu kunduz faoliyat yuritish imkoni mavjud.
— Qozonxonalarni ishlatish uchun koʻmirning eng sifatsiz, eng arzon turidan bemalol foydalanish mumkin, — soʻzida davom etadi korxona rahbari. — Har 12 soatda koʻmir zaxirasini yangilab turish kerak boʻladi. Avtomatik tarzda ishlaganligi bois bir sutkada ikki marta nazorat qilishning oʻzi kifoya. Koʻmir yoqish uchun oʻtindan foydalanilmaydi, avtomatik tarzda alanga olib, issiqlikni bir meʼyorda ushlab turish xususiyatiga ega.
Koʻrinib turibdiki, isitish tizimida bunday muqobil turlardan foydalanish hayotiy zaruratdir.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
Oʻzbekiston Qahramoni Azim Latipov vafoti munosabati bilan hamdardlik.Mamlakatimiz qishloq xoʻjaligi sohasi ogʻir judolikka uchradi. Taniqli fermer, 'Azim Shofirkon yulduzi' fermer xoʻjaligining raisi, jamoat arbobi, Oʻzbekiston QahramoniAzim Shukurovich Latipov shu yil 6-iyunda 74 yoshida vafot etdi.A.Latipov 1951-yil 5-iyunda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida tugʻildi. Oʻrta maktabni, keyinchalik Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash texnikumini tugatgach,
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Oʻzbekistonda uy-joy narxlari haqiqiy qiymatidan 17 foizga qimmat
2024-yilda uy-joy bozoridagi narxlar oʻsishi toʻxtaganiga qaramay, narxlar hali ham oʻzining haqiqiy qiymatidan oʻrtacha 17 foizga yuqori boʻlib qolmoqda. Bu haqida Markaziy bankning soʻnggi tahlillari keltirilgan 'Moliyaviy barqarorlik sharhi'da maʼlum qilindi.Unda aytilishicha, 2024-yilda uy-joylarning bozor narxi fundamental narxiga nisbatan 17 foizga yuqori shakllangan. Shuningdek, koʻchmas mulk bozorida faollik pasaygan. Banklar tomonidan ipoteka kredit ajratish standartlari esa qat
Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan uchrashuvda nutq so‘zladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun ' Yoshlar kuni munosabati bilan o'tkazilgan uchrashuvda nutq so'zladi. O'zbekiston yoshlarini ushbu qutlug' ayyom bilan tabriklab, ularga mehri va ishonchini bildirdi.Mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar aniq natijalar berayotgani qayd etildi. O'tgan yili yurtimiz yoshlari 'TOP-500'talik oliygohlarga kirish bo'yicha Markaziy Osiyoda 1-o'rinni egalladi. Bugungi kunda 30 nafar yigit-qiz dunyodagi 'TOP-10', 500 nafari 'TOP-100' va 1 ming 500 nafari