calendar 05 Dec 12:40
eye 49
comments 0
comments Manba: sof

​​«Yangi O'zbekiston» massivlari qurilishi uchun 2022 yilda 16 trln so'm ajratiladi — Shavkat Mirziyoyev

image

O'zbekiston bo'ylab 2022 yil davomida quriladigan «Yangi O'zbekiston» turar joy massivlari soni 22 tadan 29 taga ko'paytirildi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni ipoteka va qurilish materiallari masalalariga bag'ishlab o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida maʻlum qildi.

Prezident 30 noyabr kuni yangi massivlar qurilishiga doir taqdimot bilan tanishgan edi. Taqdimot chog'ida 2022 yilda 22 ta yangi massiv qurilishi maʻlum qilingan edi. Taqdimot haqidagi rasmiy axborotlarda «massivlarni infratuzilmaga ega joylarda qurish haqida ko'rsatma» berilgani taʻkidlangan bo'lsa-da, qurilish vazirining birinchi o'rinbosari Davronjon Odilov davlat rahbari massivlarni «viloyatlarning eng uzoq, eʻtibordan chetda qolgan hududlari»da qurib, u yerlarga «infratuzilma, taraqqiyot olib kirish kerak»ligini uqtirganini aytib o'tgan edi.

Shavkat Mirziyoyev 2 dekabrdagi videoselektor davomida «Yangi O'zbekiston» massivlarini qurish dasturi loyihasi qayta ko'rib chiqilgani va unga ayrim o'zgartishlar kiritilganini maʻlum qildi. Xususan, massivlarni qurish uchun «eng og'ir tumanlar tanlangan, massivlar soni ham 29 taga ko'paytirilgan». «Bu juda katta mablag' — 16 trillion so'm. Shuni xalqqa halol yetkazsak, natijasi mutlaqo boshqacha bo'ladi», — dedi prezident videoselektor davomida. Mirziyoyevning qo'shimcha qilishicha, «massivlar bilan birga ish-joy bilan ham taʻminlansa, bu odamlarni rozi bo'lishga daʻvat qiladi».

Qayd etish joiz, prezident 30 noyabrdagi taqdimot chog'ida ham «eng katta maqsadi — massivlarda kichik sanoat zonalari, tadbirkorlik subʻyektlari tashkil etish orqali kamida 50 ming ish o'rni yaratish» ekanini maʻlum qilgan edi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev har bir yangi massivda kamida 1000 ta xonadon (kvartira) bo'lishi maqsadga muvofiqligi, massivlar aholisi uchun ular yaqinidan 15 gektardan qishloq xo'jaligi yerlarini ajratish zarurligini taʻkidlagandi.

O'zbekistonning har bir hududida barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega «Yangi O'zbekiston» mavzelarini qurish haqida dastlab Shavkat Mirziyoyevning 2021 yilgi prezident saylovi oldidan saylovchilar bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlarida so'z bor edi. 2 noyabrdagi videoselektorda esa butun mamlakat bo'ylab «Yangi O'zbekiston» massivlari qurilishi, bu orqali keyingi besh yil ichida 250 mingdan ziyod xonadon qurilishi rejalashtirilgani bildirildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
58
0
xs.uz

Xalqaro tadbir oʻtkazilishi munosabati bilan Samarqanddagi ayrim OTM, texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi

Samarqanddagi ayrim OTM hamda ular huzuridagi texnikum va akademik litseylarga qisqa muddatli taʼtil beriladi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi maʼlumot berdi.Unga koʻra, joriy yilning 4html5-dom-document-internal-entity1-minus-end5-aprel kunlari Samarqand shahrida 'Markaziy Osiyo ' Yevropa Ittifoqi' birinchi rasmiy sammiti hamda 'Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yoʻlida birdamlik' mavzusidagi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtadi.Ma

20 Mar 12:54
 
48
0
xs.uz

OTB Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznes rivoji uchun 3,4 milliard dollari ajratadi

Unga koʻra, pul yurtimizda kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish dasturi doirasida ajratilib, 2025-yil soʻngiga qadar 400 million dollar miqdorida moliyalashtirish koʻzda tutilgan.Xalqaro moliya institutining ustuvor yoʻnalishlari 'yashil' loyihalar va ayollar tadbirkorligini rivojlantirish boʻladi. Shuningdek, bank kichik va oʻrta biznesni xalqaro savdo zanjirlariga integratsiyalashuviga alohida eʼtibor qaratiladi.Taʼkidlash joiz, strategiyaning rasmiy taqdimoti 2025-yil aprel oyida

21 Apr 08:34
 
316
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'26,23 soʻmga'tushdi va'12 938,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'33,72'soʻmga'pastlab,'14 710,73'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,23 soʻmga'oshdi va'159,51 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:20
 
61
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e