So‘nggi dubl: Sovet Ittifoqi va Gollivuddagi jajji aktyor va aktrisalarning karyerasi qanday yakunlandi? (foto)

Hanuzgacha ular ishtirokidagi filmlar maroq bilan tomosha qilinadi. Faqat kartina qahramonlari allaqachon o‘sib ulg‘aygan. Ular ulg‘ayish bilan birga, kinodagi faoliyatini ham to‘xtatgan.
Elison Porter – “Jingalaksoch Syu”
Foto: “Domashniy ochag”
1991-yilda 10 yoshli Elison “Jingalaksoch Syu” filmida rol o‘ynagan. Jajji aktrisaga keyinchalik boshqa taklif bo‘lmadi va kamera qarshisidan ko‘ra teatr sahnasida rol o‘ynashga qaror qildi. Elisonning yana bir kamchiligi spirtli ichimliklar va giyohvand moddalari edi. U 25 yoshdan keyin giyohvandlikdan qutulishga muvaffaq bo‘ldi, ammo uning kinokaryerasi natija bermadi. U 10 yil avval epizodda o‘ynagan “Tanishing: Deyv” hozirgi kunga qadar so‘nggi film bo‘lib qolmoqda. 2018-yil Elison sobiq aktyor Brayan Otenritga turmushga chiqdi va juftlikning o‘g‘il hamda qiz farzandi bor.
Jimmi Uorkmen – “Addams oilasi”
Foto: Cosmopolitan
“Addams oilasi” filmidagi rol yosh aktyor uchun debyutga aylandi va bu tasodifan ro‘y berdi. Prodyuserlar bolani uning singlisi Shanel Uenzday rolini o‘qiyotganda ko‘rib qoldi. Kasting direktorlari yigitdan ham Pagsli rolidan parcha o‘qishni so‘radi va Jimmi bu rolga tasdiqlandi.
Afsuski, Uorkmenning keyingi rollari mashhurlik keltirmadi. Bir necha filmlardan so‘ng, 2011-yilda Jimmi “Manipulyatsiya nazorati” filmida rol o‘ynadi, shundan keyin u katta ekranda qayta ko‘rinmadi. Ammo Uorkmen kino va televideniyeda suratga olish guruhining a’zosi sifatida ishlashda davom etmoqda.
Natalya Guseva – “Kelajakdan mehmon”
Foto: Cosmopolitan
Natalya Guseva Sovet kinosining eng sevimli aktrisalaridan biri edi. Uning besh qismli “Kelajakdan mehmon” filmidagi Alisa Seleznevaning mashhur roli butun Sovet Ittifoqida yosh qizga shuhrat keltirdi. Ammo Natalyaning o‘zi bunday e’tibordan mamnun emasdi, chunki bolaligidan u biolog bo‘lishni orzu qilgan.
Uning ishtirokidagi filmlar muvaffaqiyatidan so‘ng Natalyaga ko‘p rollar taklif qilindi. Ammo aktrisa ikkita sababga ko‘ra barcha takliflarni rad etdi: u Alisaning yorqin qiyofasini buzishni istamadi va Moskva institutining biotexnologiya bo‘limiga o‘qishga kirishga harakat qildi. 1984-yilda Guseva o‘qishni tugatdi va hozirda yuqumli kasalliklarni tashxislash uchun ferment bilan bog‘liq immunosorbent tahlil tizimlarini ishlab chiqadigan kompaniyani boshqaradi.
Maykl Oliver – “Injiq bola”
Foto: Cosmopolitan
Mayklning onasi o‘g‘lining yorqin kelajagiga shunchalik ishongandiki, “Injiq bola”ning ikkinchi qismini suratga olish paytida u o‘g‘lining gonorarini 5 baravar oshirishni talab qildi. Yo bu kabi janjallar Mayklni Gollivuddan chetlashtirdi yoki uning onasi shunchaki o‘g‘lining imkoniyatlarida xatoga yo‘l qo‘ydi. Natijada “Injiq bola 2”dan keyin Oliverning kinodagi karyerasi tugadi.
Tatyana Protsenko – “Pinokkioning sarguzashtlari”
Foto: Cosmopolitan
Malvina roli Tatyana Protsenko uchun yagona edi, garchi u “Qizil qalpoqcha haqida” filmida rol ijro etgan bo‘lsa ham. Ssenariy muallifi Inna Vetkina uni aynan kichkintoy Tanya uchun yozgan. Ammo jarohati tufayli qizga suratga tushishda qatnashish taqiqlangan va unga kasbini o‘zgartirish tavsiya etilgan. Shunday qilib, maktabni tugatgandan so‘ng Tatyana VGIKning kinoshunoslik bo‘limiga o‘qishga kirdi. Hozir eri Aleksey Voytyuk bilan Tatyana ikki farzandni – qizi Anna va o‘g‘li Vladimirni tarbiyalamoqda.
Dmitriy Iosifov – “Pinokkioning sarguzashtlari”
Foto: Cosmopolitan
10 yoshli Dima yog‘och bolani ijro etib, haqiqiy yulduzga aylandi. Pinokkio rolidan keyin Iosifovning karyerasi to‘xtamadi, u deyarli har yili o‘qishni tugatgunga qadar suratga tushdi. VGIKga kirgandan so‘ng Iosifov epizod rollarni olishni davom ettirdi, ammo 90-yillarning o‘rtalarida u tamoman aktyorlikni to‘xtatdi. Sobiq aktyor keyinchalik rejissorlik fakultetini tamomlab, reklama, klip va seriallar suratga ola boshladi. Dmitriy Iosifov Anton Artyom va Andrey ismli farzandlarini dunyoga keltirgan liboslar dizayneri Natalyaga uylangan.
Natalya Vavilova –“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi”
Foto: Cosmopolitan
“Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmida suratga tushgandan so‘ng yulduzga aylangan aktrisa 15 yoshli Dmitriy Xaratyan bilan maktab dramasida ishlashni boshlagan, keyinchalik u katta kinoda debyut qilgan. Natalyaning ota-onasi uning filmda rol o‘ynashiga qarshi edi va qizini diplomatik sulolaning davomchisi sifatida ko‘rdi, ammo rejissor Vladimir Menshov Vavilovani “Moskva ...” dramasidagi Aleksandra Tixomirova rolida ko‘rdi.
Qiz o‘z qahramonining rolini ota-onasidan yashirincha o‘rgandi va yolg‘on fosh bo‘lgach, otasi Vavilovani MGIMOga qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun uy qamog‘iga oldi. Hatto Menshov ham qattiqqo‘l ota-onani ishontira olmadi. Oilaning g‘azabini faqat aktyor Aleksey Batalov yumshata oldi, chunki Natalyaning onasi aktyorning ashaddiy muxlisi edi. Batalovning ta’sir kuchi Vavilovlarni nafaqat qizini “Moskva ...” ga qo‘yishga, balki VGIKga kirishiga ham ko‘ndirdi.
Sasha Tixomirova roli Vavilovaga mashhurlik keltirdi, film premyerasida u bo‘lajak turmush o‘rtog‘i rejissor Samvel Gasparov bilan uchrashdi. Ular turmush qurib, baxtli hayot kechirib kelmoqda. Vavilova uzoq vaqtdan beri kinoni tark etgan va o‘zini uy hamda bog‘ga g‘amxo‘rlik qilishga, shuningdek, xayriya ishlariga bag‘ishlagan.
Jorjio Kantarini – “Hayot go‘zal”
Foto: Cosmopolitan
Roberto Beninining Italiyadagi kontsentratsion lager mahbuslari haqidagi dramasini yig‘lamasdan tomosha qilishning iloji yo‘q. Filmda bosh rolni ijro etgan Jorjio endigina 5 yoshda bo‘lgan. Shundan so‘ng u yana bir muvaffaqiyatli film – “Gladiator”da o‘ynadi. Hammasi bo‘lib Kantarini 5 ta film va “Yulduzlar bilan raqs” filmining italyancha versiyasida ishtirok etdi.
Oliviya Olson – “Haqiqiy sevgi”
Foto: Cosmopolitan
Oliviyaning ovozi uni “Haqiqiy sevgi” Yangi yil tragikomediyasining yulduziga aylantirdi. Ko‘pgina tomoshabinlar 10 yoshli aktrisaning qo‘shig‘ini professional qo‘shiqchi tomonidan aytilgan, deb o‘ylagan, ammo filmda qizning o‘zi kuylagan. Afsuski, Oliviya na aktrisalik, na musiqiy karyerasi bilan muvaffaqiyat qozona oldi. 2010-yildan beri Olson “Sarguzashtlar vaqti” multserialida vampir qirolichasi Marselinga ovoz berib keladi, kinolarda esa rol o‘ynamaydi.
«ЖАСЫЛ» ЭКОНОМИКА –РАӮАЖЛАНЫӮ КЕПИЛИ
Руӯхый-ағартыӯшылық сабағыПүткил дүнья мәмлекетлери қатары, мәмлекетимиздиң де «жасыл» экономикаға өтиӯ мәселеси ең әҳмийетли турмыслық зәрүрлик болып тур. Көпшилик ӯатанласларымыз «жасыл» экономика дегенде тек ғана энергетика тараӯын реформалаӯдан ибарат деп есапла
БОРИ ЭЛГА ЯХШИЛИҒ ҚИЛҒИЛКИ, мундин яхши йўқ
Бир қўшиқ тарихиЎзбекистонда хизмат кўрсатган санъат арбоби, таниқли режиссёр Мақсуд Юнусов ўзи суратга олаётган «Бобур» видеофильми учун қўшиқ ижро этадиган хонанда излаб юрган кезлари. Бир куни танишларидан бири унга: «Бугун Олтиариқдан «Ёшлар куйлаганда» концерт да
Temuriy shahzoda ko‘chirgan Qur’on nusxasi O‘zbekistonga olib kelinadi
Manbalarga ko'ra, 1423-yilda suls xatida ko'chirilgan bir nusxa Ostoni Qudsi Rizaviy kutubxonasida, yana bir nusxa esa 1937-yilgacha Sherozdagi 'Qur'on darvozasi'da saqlanib, keyinchalik Pors muzeyiga o'tkazilgan. Ushbu ikki jildli qo'lyozma o'zining badiiy jihatdan nafisligi va bezaklari bilan alohida ajralib turadi. Bundan tashqari, Ibrohim Sulton tomonidan ko'chirilgan yana bir nusxa Metropoliten muzeyida saqlanayotgani haqida ma'lumotlar mavjud.'Qur'on qo'lyozmalarining yuksak xattotlik san'
Prezident Muborak Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi
Qadrli vatandoshlar!Avvalo, siz, azizlarni, yurtimizdagi barcha mo'min-musulmonlar va butun xalqimizni ezgulik, xayr-u saxovat va mehr-oqibat oyi bo'lgan Ramazoni sharifning kirib kelishi bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.Ushbu qutlug' ayyomda mana shunday munavvar oyni el-yurtimiz bilan birgalikda tinch va osoyishta muhitda kutib olayotganimiz uchun Alloh taologa behisob shukronalar aytamiz.Hozirgi vaqtda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlarimiz muqaddas islom dinining odamiylik