calendar 21 Nov 13:10
eye 42
comments 0
comments Manba: daryo

Foto: Islom Karimov qiyofadoshi

image

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Ilhom Farmonovning o‘g‘li Islom Farmonov Instagram’dagi sahifasida tashqi ko‘rinishi O‘zbekistonning birinchi prezidentni Islom Karimovni eslatuvchi odam bilan tushgan suratini joyladi.

Foto: Instagram / @IslomFarmonov

Islom Farmonov suratga “Sizlar ham o‘xshatdinglarmi?”, deb izoh qoldirgan.

Post izohiga ko‘plab foydalanuvchilar haqiqatan ham suratdagi inson Islom Karimovga o‘xshashini yozgan. Foydalanuvchilardan biri bu insonning ismi Alisher Rahimov va Birinchi Prezident kabi samarqandlik ekanini aytgan.

Ba’zi foydalanuvchilar hazil tariqasida ba’zi “takliflarini” yozib qoldirgan. “Tirik ekanlar-ku, qaytarib olib kelib qo‘yinglar, benzin narxini tushirib bersinlar”, — deydi izoh qoldiruvchilarning biri.

Eslatib o‘tamiz, Islom Karimov 1991-yildan umrining oxirigacha — 25 yil davomida O‘zbekiston prezidenti bo‘lgan. U 2016-yilning 2-sentabr kuni 78 yoshida vafot etgan, 3-sentabrda Samarqandning Hazrati Hizr masjididagi qadimiy qabristonga dafn etilgan. Karimov vafot etgan sana har yili birinchi prezident xotira kuni sifatida yod etiladi. Islom Karimov tavallud topgan sana — 30-yanvar esa har yili keng nishonlanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

SADOQATLI KO‘MAKCHILAR

Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN

        G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.        

20 Mar 12:54
 
42
0
xs.uz

Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion

20 Mar 12:50
 
47
0
postda.uz

YPH faoliyatidan

Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is