calendar 21 Nov 08:31
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir

Evropada koronavirus chekloviga qarshi namoyishlar avj olmoqda

image

Evropaning yirik shaharlarida koronavirus tarqalishining oldini olish bo'yicha choralarning kuchaytirilishiga qarshi namoyishlar avj olmoqda.

Niderdandiya poytaxti Amsterdamda minglab odamlar aksilkovid choralarga qarshi namoyish o'tkazib, markaziy maydonga to'plandi.

Qisman lokdaun kiritilganidan g'azablangan odamlar 19 noyabr kuni Rotterdamdagi namoyish tartibsizliklarga aylanib ketishi ortidan tashkilotchilar tomonidan aktsiya bekor qilinganiga qaramay to'planishgan. Rotterdamda politsiya bilan to'qnashuvlar natijasida 7 kishi yaralangan, kamida 20 kishi hibsga olingan.

Shuningdek, Avstriya poytaxti Venada ham minglab odamlar dushanbadan boshlab hukumat tomonidan o'rnatilgan umumiy lokdaunga va kelgusi yilning fevral oyidan boshlanadigan majburiy emlashga qarshi namoyish o'tkazdi.

Politsiya maʻlumotlariga ko'ra, aktsiyada 35 mingga yaqin odam ishtirok etgan. Namoyishlar vaqtidagi keskinlik sabab politsiya bilan to'qnashuvlar va hibsga olishlar bo'lgan.

Evropaning yana bir yirik shahri Rimda ham uch mingga yaqin odam norozilik aktsiyasi o'tkazgan. Odamlar qadimda rimliklar xalq bayramlari uyushtirgan Katta tsirk oldida to'plangan.

Odamlar emlashga majburlanishi hamda "yashil pasport"ga qarshi chiqdi. Bundan pasportlarsiz odamlar ish joyiga, restoranga, kinoteatrga, sport zaliga yoki samolyotga kira olmaydi.

Italiya bilan chegaradosh Xorvatiyada ham norozilik namoyishi o'tkazildi. Emlanish sertifikati joriy qilinishidan g'azablangan minglab odamlar Zagreb ko'chalariga chiqdi. Ular pandemiya boshida hukumat tomonidan joriy qilingan cheklovlarni erkinlikni cheklash deb baholadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

ҒАРОЙИБУ АЖОЙИБ

         Дунё бўйича ҳар 100 нафар ўлган кишининг 2 нафари қарилик, қолган 98 нафари эса турли тасодифлар оқибатида бевақт ҳалок бўлади.* * *         Мисрда қайнатилган карам тансиқ таом сифатида зиёфат сўнгида дастурхонга тортилади.* *

21 Apr 08:34
 
380
0
xs.uz

“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi

Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi

Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush

22 Mar 08:54
 
44
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-