Tashkent City sayilgohida Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

Sayilgoh hududida uch hafta davomida 300 ga yaqin turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, shu yerning o‘zida bayramona shou dasturi va, albatta, bolalar uchun archa tashkil etiladi.
Tashkent City sayilgohi tashkil etilganidan buyon poytaxtdagi muhtasham va keng ko‘lamli tadbirlar timsoliga aylandi. Bu yerda O‘zbekistondagi birinchi yirik musiqali favvora, birinchi uchar kinoteatr, birinchi mashhurlar muzeyi paydo bo‘ldi. Muzey bugungi kunga qadar yangi qahramonlar bilan to‘ldirilib borilmoqda.
Tashkilotchilar mehmonlarni faqatgina qiziqarli maskanlar va obodonlashtirilgan hudud bilan emas, turli rekordlar bilan ham hayratda qoldirib kelmoqdalar. Misol uchun, o‘tgan qishda bog‘ hududida bir vaqtning o‘zida bir nechta rekord o‘rnatildi. Ulardan biri sifatida 300 metrlik pitsani aytib o‘tishimiz mumkin. Hozirda sayilgoh hududida ilk marotaba ikki haftalik Hilton Auto Expo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda. Unda turli davrlarga oid ko‘plab avtomobillar namoyish etilmoqda, shuningdek, ko‘rgazma davomida turli xil ko‘ngilochar dasturlar o‘tkazilmoqda.
10-dekabrdan 31-dekabrga qadar sayilgoh hududida yana bir katta tadbir — Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda 300 dan ortiq brendlarning mahsulotlari namoyish etiladi. Soha vakillari tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirishlari, mehmonlar esa yangi mahsulotlarni tatib ko‘rishlari va unumli narxlarda xarid qilishlari mumkin. Yarmarka davomida bolalarni ajoyib ko‘ngilochar dastur kutmoqda.
Sayilgoh hududi uch hafta davomida jahon darajasidagi ko‘rgazma markaziga aylanadi. Markaziy xiyobonlar bo‘ylab go‘shtli delikateslar, dengiz mahsulotlari, noyob pishiriqlar, shirinliklar, Yangi yil sovg‘alari va boshqa ko‘plab mahsulotlar bilan to‘la maxsus jihozlangan savdo stendlari o‘rnatiladi. Namoyish etiladigan barcha mahsulotlar arzon narxlarda shu yerning o‘zida sotiladi. Natijada, Yangi yil arafasida mablag‘ingizni yaxshigina tejash imkoniyatiga egasiz.
Yarmarkaning har bir kuni biron bir mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi: Amerika, Yevropa, Osiyo, milliy va dunyoning boshqa mamlakatlari taomlariga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkaziladi. Bu nafaqat taomlarni tatib ko‘rish, balki bolalarni qiziqarli muhitda turli mamlakatlarning taomlari bilan tanishtirish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kafe va restoranlar zamonaviy fudtraklar va ko‘chma pavilyonlari yordamida o‘z taomlarini namoyish etishadi. Tashkent City sayilgohida ilk bor bir vaqtning o‘zida milliy, Osiyo, Yevropa, Amerika taomlarini, shuningdek, butun dunyoga mashhur bo‘lgan yuqori sifatli qandolatchilik mahsulotlari, pishiriqlar va ichimliklarni tatib ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari 1 000 000 dan ortiq tashrif buyuruvchilarni o‘z mahsulotlari bilan tanishtirish, shuningdek, eng yaxshi brend nomini olish uchun tanlovda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tashrif buyuruvchilar “Eng yaxshi palov”, “Eng yaxshi pitssa”, “Eng yaxshi sushi”, “Eng yaxshi burger”, “Eng yaxshi desert”, “2021-yilning eng yaxshi brendi” va boshqa nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblarni tanlab olishadi.
An’anaga ko‘ra, bu kabi keng ko‘lamli tadbirlar ko‘ngilochar dastursiz o‘tmaydi. Bu yerda shef oshpazlar va barmenlar ishtirokidagi shoular, estrada yulduzlarining konsertlari, sirk va akrobatlarning chiqishlari tashkillashtiriladi. Yarmarka Yangi yil arafasida o‘tkazilishi bois, bolalar uchun sehrga to‘la maxsus dastur tayyorlanadi. Ota-onalar uchun yoqimli bonus — bu yerda siz tayyor sovg ’alarni unumli narxlarda xarid qilishingiz mumkin.
Yangi yil oziq-ovqat yarmarkasida ishtirok etish uchun ariza topshirish va batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lish uchun quyidagi telefon raqamga qo‘ng‘iroq qiling:
Reklama huquqi asosida.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, 14 foiz darajasida belgiladi
Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 20-martdagi yigʻilishida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu haqida Markaziy bankning rasmiy sahifasida maʼlum qilindi.Taʼkidlanishicha, bu qaror 'inflyatsion bosimlarning yuqori saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida' qabul qilingan.Ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion
YPH faoliyatidan
Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus batalyon alohida safarbar otryadi YPX inspektorlari – kichik serjant Sherzod Topkanov va safdor Odil Toshquvvatov ichki ishlar organlarida 5 yildan buyon xizmat qilishmoqda. Poytaxtimizning Cho‘lpon va Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chalarida o‘tkir nigoh ila yo‘llarda harakat xavfsizliginii ta’minlayotgan kichik serjant Sh. Topkanov va safdor O. Toshquvvatov qoidabuzarlarga nisbatan chora ko‘rmoqda. Bular orasida spirtli ichimlik is
Endilikda 11,25 mln soʻmdan ortiq pul oʻtkazmalari uchun nazorat kuchaytiriladi
Yangi tartib bilan toʻlov xizmatlari va elektron pul tizimlari orqali amalga oshiriladigan yirik pul oʻtkazmalari shaxsiy maʼlumotlar bilan rasmiylashtiriladi.Hujjatga koʻra, toʻlov tashkilotlari jismoniy shaxs toʻlov tashkiloti mobil ilovasi orqali akkaunt ochish uchun murojaat qilganda, tovar va xizmatlarni yetkazib beruvchi subyektlar elektron terminaldan (E-POS) foydalanish uchun murojaat qilganda, BHMning 500 baravariga teng (187,5 million soʻm) yoki undan oshgan summada toʻlov tash