O‘zbekistonda 3 ta YTH oqibatida 4 nafar shaxs vafot etdi

O‘zbekistonda 29-oktabrdan 1-noyabrgacha 3 ta yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 nafar shaxs vafot etdi. Quyida ushbu YTHlarning tafsilotini taqdim etamiz.
Qashqadaryo viloyati
2021-yil 29-oktabr kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida yashovchi Y.Sh. boshqaruvida bo‘lgan Lacetti avtomashinasida Muborak tumaniga yetib kelgan.
Shu kuni soat 06:45 larda Muborak tumani hududidan o‘tuvchi G‘uzor–Nukus–Beynau avtomobil yo‘lida Qarshi–Buxoro yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib borib, yo‘lning 150-kilometriga kelganda boshqaruvni yo‘qotgan.
Oqibatda yo‘lning harakat qismini ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urilib, YTH sodir etgan va haydovchi voqea joyida vafot etgan.
Toshkent shahri
31-oktabr kuni soat 18:30 larda Yunusobod tumanidagi KHAY ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Spark haydovchisi 26 yoshli H.H. tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan 65 yoshli T.U.ni urib yubordi.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida T.U. olgan tan jarohatlari sababli kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
2021-yilning 1-noyabr kuni soat 18:00 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumani hududidan o‘tuvchi 4-R181 Qipchoq–Mang‘it–Turkmaniston avtomobil yo‘lining 12–13-kilometrlari oralig‘ida haydovchi, 1968-yilda tug‘ilgan U.Y. Lifan rusumli yuk tashuvchi mototsiklda harakatlanayotib, keskin ortga burilishi natijasida orqasidan harakatlanib kelayotgan haydovchi, 1956-yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi Nexia bilan to‘qnashgan.
Buning oqibatida Nexia qarama–qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, haydovchi, 1963-yilda tug‘ilgan F.M. boshqaruvidagi Isuzu yuk avtomobili bilan to‘qnashgan.
To‘qnashuvlar oqibatida Nexia avtomobili yo‘lovchisi 1960-yilda tug‘ilgan A.R. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida va uning 2017-yilda tug‘ilgan nabirasi B.R. shifoxonada vafot etgan.
Nexia haydovchisi K.B. va yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Amudaryo tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?
Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p
Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi
Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan
Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam
Prezident Toshkentdagi zamonaviy savdo majmuasini borib koʻrdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.Mamlakatimizda investorlarga yaratilgan qulayliklar tufayli iqtisodiyotda xususiy sektorning ulushi oshib bormoqda. To'g'ridan-to'g'ri sarmoyalar kiritilib, sanoat, qurilish, savdo, xizmat ko'rsatish sohalarida istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilgan 'High Town City' majmuasi shulardan biri. U keng qamrovli bo'lib,