Jahon chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritgan yosh sambochilar, “PSJ”da qolmaydigan Mbappe va Golden Boy’ga da’vogarlarning yakuniy ro‘yxati. Eng so‘nggi sport yangiliklari

Dunyo va o‘zbek sportiga oid 15-oktabr kunining eng muhim xabarlari dayjesti bilan tanishing.
O‘zbekiston
Superliganing 22-turiga start berildi
Foto: “Mash’al”
Tur doirasida “OKMK” o‘z maydonida “Mash’al”ni qabul qildi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. “Nasaf” Qarshida Umar Eshmurodovning yagona goli evaziga zafar quchdi.
Turning qolgan o‘yinlari 16—17-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Sambochi yoshlar Jahon chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritdi
Gretsiyaning Saloniki shahrida 15-oktabr kuni sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatiga start berildi.
Foto: Turizm va sport vazirligi matbuot xizmati
Musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida jami 7 nafar o‘zbekistonlik sportchi g‘oliblik uchun gilamga chiqdi va yakunda ularning barchasi shohsupaga ko‘tarildi. O‘smirlardan Egambergan Iskandarov (-53 kg) hamda Gulhayo Jo‘rayeva (-50 kg) oltin medalga sazovor bo‘ldi. E’zoza Abdumo‘minova esa (-47 kg) vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.
Yana to‘rt nafar sambochi esa bronza medaliga ega chiqdi. Bular:
-64 kg: Behruz Omonov (o‘smirlar),
-54 kg: Shaxzoda Azatova (qizlar),
-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar),
+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar).
Jahon
Golden Boy—2021 sovriniga da’vogarlarning 20 talik ro‘yxati e’lon qilindi
Tuttosport nashri Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisiga beriladigan Golden Boy sovrini uchun yakuniy ro‘yxatni e’lon qildi.
Sovringa 20 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda:
Eduardu Kamavinga (“Real”);
Bukayo Saka (“Arsenal”);
Jud Bellinghem (“Borussiya D”);
Meyson Grinvud (“Man Yunayted”);
Jamal Musiala (“Bavariya”);
Jovanni Reyna (“Borussiya D”);
Gavi (“Barselona”);
Brayan Hil (“Tottenhem ”);
Karim David Adeyemi (“Zalsburg”);
Rayan Gravenberx (“Ayaks”);
Daniel Maldini (“Milan”);
Florian Virs (“Bayer”);
Vilyam Saliba (“Marsel”);
Rodrigo (“Real”);
Roberto Pikkoli (“Atalanta”);
Pedri (“Barselona”);
Nunu Mendesh (“PSJ”);
Yeremi Xesus Pino (“Vilyarreal”);
Yurriyen Timber (“Ayaks”);
Sharl De Ketelare (“Bryugge”).
Saloh ketma-ket ikkinchi oy “Liverpul”ning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi
Foto: “Liverpul”
“Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh ketma-ket ikkinchi marta jamoaning oydagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi.
29 yoshli misrlik futbolchi klub muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomada sentabr oyi yakunlariga ko‘ra eng yaxshi futbolchi deb topilgan. Saloh o‘tgan oydagi 5 ta o‘yinda 6 ta gol urgan.
Qayd etish kerak, Muhammad avgustda ham eng yaxshi o‘yinchi deb topilgandi.
Mbappe “PSJ”dan ketadi va “Real”ga o‘tadi
Foto: Getty Images
“PSJ” hujumchisi Kilian Mbapppe Parij klubi unga har qancha yuqori maosh taklif qilmasin, shartnomasini uzaytirmaydi. Bu haqda As xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Mbappe allaqachon “Real”ga o‘tish borasida qaror qabul qilib bo‘lgan va qancha pul taklif qilinishidan qat’i nazar qarorini o‘zgartirmaydi.
Avvalroq parijliklar Kilianga yiliga 50 million yevro maoshga ega yangi shartnoma taklif qilmoqchi ekani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Ushbu holatda u dunyoning eng yuqori maosh oluvchi o‘yinchisiga aylanardi.
“PSJ” Holandni Mbappega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda
Foto: Twitter
“PSJ” agar Kilian Mbappe jamoani tark etsa, uning o‘rniga “Borussiya D” hujumchisi Erling Holandni jamoaga olib kelmoqchi, deb yozmoqda Foot Mercato.
Parijliklar futbolchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Klub Holandga “2+1” ko‘rinishidagi shartnoma va bonuslardan tashqari yiliga 38—42 million yevro maosh taklif qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, 21 yoshli futbolchiga “Manchester Siti” va “Bavariya” klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi
Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas
VAZIR KUBOGIGA START BERILDI
Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi
Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi
Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.
Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el