Komilov MDH Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig'ilishida qatnashdi

13-14 oktyabr kunlari Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi ishlar vazirlari Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Tadbirda O'zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.
Tadbir ishtirokchilari xalqaro kun tartibi va Hamdo'stlik doirasidagi hamkorliking dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
MDHga aʻzo davlatlar rahbarlari kengashi bo'lajak majlisining tashkiliy va mazmuniy jihatlari, jumladan, sammitda ko'rib chiqiladigan qator ko'p tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi va kelishildi.
Uchrashuv yakunida MDHga aʻzo davlatlar tashqi ishlar vazirlarining Biologik va zaharli qurollarini taqiqlash to'g'risidagi Konventsiyani mustahkamlash to'g'risidagi Qo'shma bayonoti qabul qilindi, MDHga aʻzo davlatlar tarixchilari va arxivshunoslarining xalqaro uyushmasi (komissiyasi) to'g'risidagi Nizom hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi doirasida 2022 yilda o'tkaziladigan ko'p darajali tashqi ishlar idoralari o'rtasidagi maslahatlashuvlar rejasi va boshqa hujjatlar tasdiqlandi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)
BO‘RI QUTURSA, O‘Z QAVMIGA CHOPAR
Sharof Rashidov tumanining Bobur Mirzo nomli mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.A. pul uchun har qanday qabihlikdan toymaydiganlar toifasidan. Jumladan, ora-sira Turkiya va Rossiyaga «tirikchilik» vaji bilan chiqib turadigan ushbu shaxs Moskvada bir muddat ijtimoiy tarmoq orqali narkotik va psixotrop moddalar savdosi hamda ushbu vositalarni «mijoz»larga yetkazish bilan shug‘ullandi.Bu ham yetmaganidek, u odamfurushlik ortidan pul topmoq tashvishiga tushib qoldi. Chunonchi,