calendar 12 Oct 16:21
eye 43
comments 0
comments Manba: xs

“Zakovat” intellektual klubi uchun bino quriladi, klubni rivojlantirish uchun har yili 50 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ ajratiladi 

image

Foto: “Zakovat” klubi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chogʻida ushbu viloyatda boʻlib oʻtayotgan “Zakovat” breyn-ring intellektual oʻyini finalini bevosita kuzatib bordi. 

— Doim sizning oʻyinlaringizda ishtirok etishni istardim, bugun xursand boʻldim. Ushbu klubni tashkil etishda bosh-qosh boʻlgan jonkuyar inson – Abdurasul Abdullayev, faol ishtirokchilar – Bobur Yoqubov, Jobir Ahmedov, Xushnudbek Xudoyberdiyev, Aziza Ibragimova, Rustam Jabborov, Saidkamol Abdurazzoqov, Zebo Shomirova, Furqat Qurbonov, Umid Valiyevga alohida rahmat aytmoqchiman, — dedi davlat rahbari.

Prezident “Zakovat” klubini avvalo moliyaviy rivojlantirishni taʼkidlab, shu maqsadda har yili 50 milliard soʻm pul ajratilishini maʼlum qildi.

Shuningdek, chekka tumanlarda va maktablarda “Zakovat” klublari tashkil etiladi.

Shavkat Mirziyoyev “Zakovat” klubining oʻz binosi yoʻqligidan xabari borligini bildirib, Toshkentning soʻlim joyidan alohida bino qurib berilishini aytdi.

Maʼlum qilinishicha, 2022-yildan boshlab, talaba yoshlar oʻrtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada tashkil etiladi.

2021-yilgi “Zakovat” breyn-ring intellektual oʻyinlari finalida Xorazm jamoasi Navoiy jamoasini magʻlub etdi. Gʻolib jamoaning har bir aʼzosiga Gentra avtomobili sovgʻa qilindi.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 May 08:49
 
29
0
xs.uz

Har mavsumda shu boʻlar takror...

Yaqinda 'Xalq soʻzi' gazetasida eʼlon qilingan 'Oyoq ostidagi neʼmat' maqolasini oʻqib, bir tarafdan suyungan boʻlsam, boshqa tomondan eski dardim yangilanib, kuyindim. Shu bois, avvalo, gazeta jamoasi hamda muallifga ushbu mavzuni koʻtarib, jamoatchilik eʼtiborini isrofgarchilikka yoʻl qoʻymaslik, uvolning oldini olish masalasiga qaratgani uchun rahmat aytaman. Kuyinganimning boisi shuki, maqolada aytilganidek yoʻl, yoʻlak chetlarida ekilgan tut borki, hosili oyoqosti boʻladi. Va ha

18 Jun 21:55
 
70
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrifini yakunladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ostonaga amaliy tashrifi yakunlandi.Aeroportda oliy martabali mehmonni Qozogʻiston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

01 Jun 03:47
 
37
0
xs.uz

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

Joriy yilning 27-may kuni Vazirlar Mahkamasining 'Oʻzbekiston Respublikasining 'Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida'gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida'gi 330-son qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Norma''xabar berdi.Hujjat bilan Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

15 Jun 10:46
 
83
0
xs.uz

Tojikistondan keltirilgan qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida yashovchi, 1990-y.t. fuqaro 49 kilogramm 599 gramm 'opiy' moddasini oʻzining boshqaruvida boʻlgan DAF rusumli yuk avtomashinasining yukxonasidagi xufiyona joyga yashirgan holda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Toʻrtkoʻl tumaniga olib kelgan vaqtida ashyoviy dalillar ushlandi.Tergovga qadar tekshiruv davomida Tojikiston Respublikasid