Hamyurtimiz Ozoda Hojiyeva Jahon chempionatida bir yoʻla ikkita medalga sazovor boʻldi


Saudiya Arabistonining Jidda shahrida boʻlib oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kechagi bahslari vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.
Turizm va sport vazirligi xabariga koʻra, qizlar oʻrtasida -55 kg. vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda hamyurtimiz Ozoda Hojiyevaning dast koʻtarish mashqidagi har uchala urinishi ham omadli chiqdi.
Siltab koʻtarish mashqida Ozoda Hojiyeva ilk urinishida 92 kg., ikkinchi urinishida 95 kg. ogʻirlikni oʻziga boʻysundirdi. Soʻnggi urinishda esa hamyurtimiz 98 kg. ogʻirlikni koʻtara olmadi. Shunday boʻlsa-da, siltab koʻtarish mashqida hamyurtimiz 3-oʻrinni band etdi.
Ikkikurash natijasiga koʻra, 172 kg. natija qayd qayd etgan O. Hojiyeva 2-oʻrinni egalladi va terma jamoamiz hisobiga jahon chempionatining dastlabki kumush medalini taqdim etdi. Oltin medalni esa amerikalik Ketrin Estep qoʻlga kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi veloshosse bo‘yicha “Tailand tur”da qatnashadi
Boisi, 24-mart sanasidan boshlab, bu yurt veloshosse bo'yicha 'Tour of Thailand' ko'p kunlik poygasi start oladi.Besh kun davom etadigan mu terma jamoamiz a'zolari ham ishtirok etadi.Tarkibimiz quyidagicha:Alimardon JamoliddinovDiyor ToxirovDmitriy BocharovFarrux BobosherovVladislav TromanNikita Svetkov.
“Shov-shuvli transfer”: Erling Holand “Manchester Siti”dan ispan grandiga oʻtmoqchi
Norvegiyalik hujumchi Erling Holand agar 'Manchester Siti' joriy mavsumda UYEFA Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kirita olmasa, klubni tark etishga tayyor. 'Caughtoffside' nashrining xabariga koʻra, ayni damda 'Siti' Angliya Premer Ligasi (APL) jadvalida beshinchi oʻrinda bormoqda. Agar klub mavsum yakunida kuchli toʻrtlikka kira olmasa, Holand boshqa jamoaga oʻtishi mumkin.Manbaning maʼlum qilishicha, 'Manchester Siti' bosh murabbiyi Pep Gvardiola hujumchining jamoadan ketishiga q
Los-Anjeles — 2028: Suzish bahslarida rekord darajadagi medallar o‘ynaladi
Erkin usulda suzish: 50, 100, 200, 400, 800, 1500 metr;Chalqancha: 50, 100 va 200 metr;Brass: 50, 100 va 200 metr;Batterflyay: 50, 100 va 200 metr;Kompleks: 200 va 400 (yakkalik);Estafetalar: 4x100, 4x200 metr (ikkalasi ham erkin) va 4x100 miks (kompleks);Marafon: 10 km.* Aralash estafetadan tashqari barcha dasturlar ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida hisoblanadi;** Qoraytirilgan masofalar Olimpiya dasturiga yangi kiritilgan.
“Barselona” ishtirok eta olmaydigan turnirning mukofot jamgʻarmasi 1 milliard AQSH dollar etib belgilandi
'FIFA Club World Cup 2025' musobaqasi uchun 1 milliard AQSH dollari miqdoridagi rekord mukofot puli ajratiladigan boʻldi. Ushbu taqsimot modeli FIFA Kengashi va Yevropa klublar assotsiatsiyasi kabi asosiy hamkorlar bilan muhokama qilingan. FIFA prezidenti Janni Infantinoning taʼkidlashicha, musobaqa formati 7 ta uchrashuvdan iborat guruh va pley-off tizimi asosida oʻtkaziladi.Yangi tizim boʻyicha gʻolib jamoa 125 million dollargacha daromad olish imkoniga ega boʻladi. Shu bilan birga, 250