calendar 05 Oct 09:31
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir

MMA jangchisi nokautdan so'ng vafot etdi (video)

image

Aralash jang sanʻati (MMA) jangchisi Jastin Tornton 2021 yil avgust oyida Bare Knuckle FC turniridagi nokaut natijasida olgan jarohatlari tufayli vafot etdi. Bu haqda MMA fighting nashri xabar berdi.

Ushbu jang joriy yilning 20 avgust kuni AQShning Missisipi shahrida bo'lib o'tgan edi. Tornton jangning 19 soniyasida Dillon Klekler tomonidan nokautga uchratilgan va tibbiy markazga olib ketilgan.

"BKFC 20 musobaqasida jarohat olib, hayotdan ko'z yumgan Jastin Torntonning o'limi haqida eshitganimizda qayg'uga botdik. Biz uning oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz", deydi Bare Knuckle FC tashkiloti rahbari Devid Feldman. 

Tornton faoliyati davomida 20 marta jang o'tkazgan va 6 g'alabaga erishib, 14 marta mag'lubiyatga uchragan.

Maʻlumot uchun, Tornton jangdan keyin yarim falaj bo'lib qolgan va bir necha hafta davomida shifoxonada yotgan. Unga qadar esa umurtqa pog'onasi shikastlanishi natijasida kelib chiqqan infektsiya bilan kurashayotgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Sambo bo‘yicha Osiyo-Okeaniya chempionatining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi

Ochilish tadbirida Xalqaro sambo federatsiyasi, Osiyo-Okeaniya sambo ittifoqi, O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi hamda mamlakat sambo federatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi. Rasmiylar o'z chiqishlarida ushbu chempionat nafaqat mintaqada, balki jahon miqyosida ham katta ahamiyatga ega ekanini ta'kidlashdi. Shuningdek, O'zbekistonda noolimpiya sport turlari, xususan samboning rivojiga katta e'tibor qaratilayotgani qayd etildi.Marosimdan so'ng musobaqaning final blokiga start berildi va bellas

20 Mar 12:50
 
48
0
postda.uz

VAZIR KUBOGIGA START BERILDI

Buxoro shahridagi “Garden plaza” mehmonxonasining konferensiyalar zalida sportning futbol turi bo‘yicha Ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida “Ichki ishlar vazir kubogi” turniriga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Mazkur musobaqada Farg‘ona viloyati IIB, Surxondaryo viloyati IIB, Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xodimlari hamda Buxoro viloyati IIB terma jamoalari a‘zolari ishtirok etdi. Shundan so‘ng, viloyat futbol akademi

15 Apr 07:06
 
42
0
xs.uz

Xokkeychilarimiz debyut o‘yinda yirik hisobda g‘alaba qozondi

Quvonarlisi, ilk bor dunyo birinchiliklarida maydonga chiqqan yigitlarimiz Kuvaytni yirik 13:3 hisobida mag'lub etishdi.

16 Apr 09:12
 
40
0
xs.uz

Endilikda sportchilarga sport pasporti elektron shaklda berilishi yo‘lga qo‘yiladi

Endilikda, sport pasportini berish davlat xizmatini ko'rsatishda sportchilarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida sport pasportining amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali elektron shaklda berilishi yo'lga qo'yiladi.Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 18 dekabrdagi PQ-443-son qarori talablariga muvofiq, sport pasportini amal qilish muddati cheklanmagan holda 'ERP-Sport' yagona elektron boshqaruv tizimi orqali el