calendar 01 Oct 13:31
eye 58
comments 0
comments Manba: qalampir

Haligacha oyligi 1000 dollarga chiqmagan o'qituvchilarga qonunchilikda qanday imtiyozlar berilgan?

image
image

Jamiyatning buguni, kelajagi va salohiyati taʻlim tizimining rivojlanish darajasi bilan belgilanadi. Ushbu tizimdagi islohotlarning muvaffaqiyati esa ko'p jihatdan murabbiylarga bog'liq. Shu munosabat bilan 1996 yildan buyon O'zbekistonda 1 oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni sifatida nishonlab kelinadi. 

Maʻlumki, 2018 yil 1 sentyabrdan umumiy o'rta taʻlim muassasalari yuqori sinf o'qituvchilarining oylik ish haqi 24 foiz (taxminan 7 mln)ga oshishi mumkinligi aks etgan Prezident qarori loyihasi QHTBT portaliga joylashtirilgan edi.  

Shuningdek, 2019 yil fevral oyida Xalq taʻlimi vaziri Sherzod Shermatov o'qituvchilarning oyligini 2024 yilgacha 1000 dollar (ayni vaqtda qariyb 11 mln)ga yetishini maʻlum qilgan. 

Bundan tashqari, joriy yilning sentyabr oyi Prezident Shavkat Mirziyoyev saylovchilar bilan uchrashuvda yana bir bor muallimlarning oyligini eng kami 1000 dollar qilmaguncha to'xtamasligi haqida vaʻda bergan.

Bugunga kelib, o'qituvchilarning oyligi garchi ming dollarga chiqmagan bo'lsa-da, qonunchilikda ular uchun maʻlum bir imtiyozlar yaratilgan. Quyida shular haqida so'z boradi:

1. Qishloq joylardagi umumtaʻlim maktablarida, o'rta maxsus, kasb-hunar taʻlimi muassasalarida va bolalar – o'smirlar sport maktablarida jismoniy tarbiya o'qituvchisi hamda sport ustozi bo'lib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz miqdorda ustama haq belgilanadi. 

2. Taʻlim muassasalarida o'qituvchi bo'lib ishlayotgan nufuzli xalqaro olimpiadalar g'oliblari lavozim maoshiga har oy 150 foiz, asosiy olimpiadalar respublika bosqichi g'oliblari lavozim maoshiga har oy 100 foiz miqdorida ustama haqi to'lanadi. 

3. Taʻlim sifati past maktablarda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o'qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilingan. Bunda:

•  bir viloyat doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;
•  boshqa viloyatdan kelib faoliyat yuritayotgan o'qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar to'lanadi.

4. Qonunchilikka ko'ra:

•  fizika fanlari bo'yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga oylik maoshining 100 foizi miqdorida bir martalik pul mukofoti;
•  fizika fanlari bo'yicha talabalar uchun to'garaklar olib borayotgan professor-o'qituvchilarning oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq to'lanadi.

5. Taʻlim muassasalarining quyidagi jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi (lavozim) to'g'ridan-to'g'ri (attestatsiyadan o'tkazilmasdan) beriladi:

•  tuman (shahar) miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – ikkinchi malaka toifasi (katta o'qituvchi lavozimi);
•  viloyat miqyosidagi sport musobaqalarining 1-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – birinchi malaka toifasi (yetakchi o'qituvchi lavozimi);
•  xalqaro hamda respublika miqyosidagi sport musobaqalarining 1, 2 va 3-o'rin sovrindorlarini tayyorlaganlarga – oliy malaka toifasi (bosh o'qituvchi lavozimi).

6. Umumtaʻlim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional taʻlim tashkilotlariga o'qishga kirish hamda ishga joylashish ko'rsatkichlari asosida har yili 1 fevralgacha o'tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, umumtaʻlim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorida rag'batlantiriladi:

•  o'quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional taʻlim tashkilotlariga o'qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʻlim muassasalarining direktorlari – 12 baravar, direktori o'rinbosarlari – 6 baravardan;
•  o'quvchilarining 85-89 foiz qismi oliy hamda professional taʻlim tashkilotlariga o'qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʻlim muassasalarining direktorlari – 9 baravar, direktor o'rinbosarlari – 4,5 baravardan;
•  o'quvchilarining 80-84 foiz qismi oliy hamda professional taʻlim tashkilotlariga o'qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumtaʻlim muassasalarining direktorlari – 6 baravar, direktor o'rinbosarlari – 3 baravardan.

7. Kimyo va biologiya fanlari bo'yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, kimyo va biologiya fanlari bo'yicha talabalar uchun to'garaklar olib borayotgan professor-o'qituvchilarga o'quv yili davomida oylik maoshlariga 25 foiz miqdorida ustama haq belgilanadi. 

8. Matematika fani bo'yicha xalqaro va respublika olimpiadalari g'oliblarini tayyorlagan professor-o'qituvchilarga bir marotaba oylik maoshining 100 foizi miqdorida, matematika fani bo'yicha talabalar uchun to'garaklar olib borayotgan professor-o'qituvchilarga o'quv yili davomida oylik maoshlariga 25 foizi miqdorida ustama haq to'lab beriladi.

9. 2022 yil 1 sentyabrdan ixtisoslashtirilgan maktablarning fizika fani bo'yicha milliy sertifikatlash tizimida maksimal ballning 70 va undan yuqori foizini to'plagan fizika fani o'qituvchilariga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik ustama haqi 50 foiz miqdorida to'lanadi. 

10. Oliy taʻlim muassasalaridagi O'zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang'ich tashkilot yetakchisi bo'lgan oliy taʻlim muassasalarining professor-o'qituvchilari va boshqa toifadagi xodimlariga "Katta o'qituvchi (ilmiy darajaga va ilmiy unvonga ega bo'lgan)" bazaviy lavozim maoshining 50 foizi miqdorida har oylik qo'shimcha haq to'lanadi. 

11. Xalq taʻlimi vazirligi tomonidan taqdim etilgan ro'yxat bo'yicha xalq taʻlimi tizimidagi pedagog xodimlarga isteʻmol kreditlari, shu jumladan, avtotransport vositalari sotib olish uchun maxsus jamg'arma hisobidan quyidagi shartlarda kreditlar beriladi:

•  kreditni berish muddati – 1 yil imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;
•  dastlabki badal summasi – sotib olinayotgan avtotransport vositasi qiymatining 25 foizi;
•  kredit uchun foiz stavkasi – Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasidan ko'p bo'lmagan miqdorda.

12. Tibbiyot oliy o'quv yurtlari, shifokorlar malakasini oshirish institutlari va tibbiyot fakultetlarining professor-o'qituvchilariga sog'liqni saqlash idoralarining klinikalari va klinik baza bo'lgan boshqa muassasalarida davolash-tashxis ishlarini bajarganliklari uchun quyidagi miqdorlarda qo'shimcha haq to'lanadi:

•  kafedra mudirlari, professorlar va dotsentlarga – lavozim maoshining 20 foizi miqdorida;
•  assistentlarga – lavozim maoshining 25 foizi miqdorida.
Shu toifadagi xodimlarga – bemorlarni operatsiya qiluvchi jarrohlarga, operativ faoliyatni, reanimatsiya tadbirlarini va jadal terapiya usullarini qo'llovchi anesteziolog va reanimatologlarga, davolash tadbirlarini amalga oshiruvchi endoskopchilarga qo'shimcha to'lovlar ularning lavozim maoshining 25 va 30 foizi miqdorida belgilanadi.

13. Taʻlim muassasalarining chet tillar, xorijiy filologiya, chet tili va tarjima yo'nalishlarining kasbiy va maxsus fanlari professor-o'qituvchilari va o'qituvchilariga qishloq joylarda joylashgan taʻlim muassasalarida – lavozim maoshlariga bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 30 foizi miqdorida, qolgan taʻlim muassasalarida – bazaviy lavozim maoshining (tarif stavkasining) 15 foizi miqdorida oylik ustamalar belgilanadi, bunda quyidagilar majburiydir:

•  asosiy ishidan ajralgan holda kamida 144 soat davom etadigan dastur bo'yicha belgilangan tartibda malaka oshirish;
•  tegishli taʻlim muassasasida pedagogik faoliyat olib borish uchun zarur malaka va chet tilini bilishni aniqlash bo'yicha Davlat test markazi tomonidan o'tkaziladigan test sinovlaridan o'tish. Test sinovlarini o'tkazish tartibi Davlat test markazi tomonidan belgilanadi;
•  malaka oshirish to'g'risidagi davlat namunasidagi sertifikat mavjudligi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:54
 
45
0
xs.uz

Prezident Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatladi

Prezidentning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida kichik biznesdagi kelgusi qadamlarni belgilab beradigan besh yillik strategiya ishlab chiqilgani taʼkidlandi.Buni xalqaro moliya tashkilotlari ham qoʻllab-quvvatlab, yangi biznes yoʻnalishlari boʻyicha ilgʻor tajriba, innovatsiya, texnologiya va xalqaro standartlarni joriy qilishda koʻmaklashishga, buning uchun hozirni oʻzida 470 million dollar resurs ajratishga tayyor.Jumladan, Osiyo taraqqiyot banki 'Moliyaviy ommaboplik

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi

Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202

12 Apr 21:14
 
23
0
xs.uz

Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi

Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,

04 Apr 16:19
 
35
0
xs.uz

Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi

Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland