— Nikohlanuvchilarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni raqamlashtirish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
— O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko'ra, endilikda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda, FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari, xususan, ko'p tarmoqli markaziy poliklinikalar o'rtasida nikohlanuvchilarning yagona avtomatlashtirilgan elektron bazasini shakllantirish belgilangan.
Shu tarzda FHDYo organlari bilan tibbiyot muassasalari o'rtasida integratsion axborot tizimini yaratiladi.
Bundan kutilayotgan natijalar quyidagilar:
- inson omilini kamaytirish;
- natijalarni soxtalashtirishning oldini olish;
- shifokorni erkin tanlash;
- yagona elektron maʻlumotlar bazasini shakllantirish;
- sifat va samaradorlikni oshirish;
- tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonini nazorat qilish;
- tibbiy ko'rikdan o'tish jarayonidagi vaqtni tejash.
— Bo'lg'usi juftliklar tibbiy ko'rikdan o'tishni istamaca, qanday yo'l tutiladi?
— Ish tajribamiz davomida bo'lg'usi kelin-kuyovlar tibbiy ko'rikdan o'tmaslikka harakat qilish holatlari ham uchrab turadi.
Ko'pincha bunga o'z salomatligiga bo'lgan haddan ortiq ishonch sabab bo'ladi. Bundan tashqari, o'z huquqlarini bilmasligi, tibbiy xizmatlarning bepul ekanidan xabarsizligi ham asosiy sabablardan.
Bunday eʻtiborsizlik natijasida nosog'lom farzandlar dunyoga kelish ehtimoli ortadi. Tibbiy ko'rik nafaqat bo'lajak avlodni sog'lom dunyoga keltirish uchun, balki yoshlar orasida uchrab turadigan irsiy kasalliklarning ham oldi olinishiga xizmat qiladi. "Zamin" yangiliklarini "Facebook"da kuzatib boring
Andijonda yuk mashinasi yonib ketdi
Andijon viloyatida 'Zil' rusumli yuk transport vositasi yonib chiqdi. Bu haqda viloyat IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 19-mart kuni soat 22:00 lar atrofida Asaka tumani 'Navoiy' MFY hududidan oʻtgan A-373 xalqaro ahamiyatga ega avtomobil yoʻlida sodir boʻlgan.1994-yilda tugʻilgan haydovchi U.Sh. oʻzining boshqaruvida boʻlgan 'Zil-130' rusumli yuk transport vositasini 'A-373 Toshkent-Oʻsh yoʻlining Shahrixon' yoʻnalishi boʻylab bosh
Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik qiladi
Ushbu bitim 2024-yil 6-noyabr kuni Bishkek shahrida imzolangan boʻlib, u Turkiy davlatlar oʻrtasida innovatsion texnologiyalar, raqamli texnologiyalarni rivojlantirish va axborot almashish sohalarida hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi.Bitimni amalga oshirish boʻyicha masʼul organ etib Istiqbolli loyihalar milliy agentligi belgilandi. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan soʻng, uning bajarilishi ustidan
Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?
2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg
Yangi ish boshlagan tadbirkorlar birinchi xato uchun “javobgarlikdan sugʻurtalangan” boʻladi — Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyevning kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida yangi tadbirkorlar 'oyoqqa turib olishi' uchun, ayniqsa, ular faoliyat boshlagan birinchi yilda qoʻllab-quvvatlash juda muhimligi'taʼkidlandi.Masalan, oxirgi uch yilda 17,5 ming korxona tashkil etilganiga bir yil toʻlmasdan tugatilgan. Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Jizzax viloyatlari masʼullari yangi korxonalar bilan ishlashda eng orqada ekani koʻrsatib oʻtildi.'Bundan buyon, tadbirkorlikka endi qadam qo