Sirdaryoda «boy»ning bolalari 4 kishi bo'lib avtomobil taʻmirlash ustasini urib o'ldirganligi, ularning ishi «yopti-yopti» bo'lib ketganligi aytilmoqda — viloyat prokuraturasi munosabat bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan rasmiy munosabat bildirildi.
«Aniqlanishicha, Sayxunobod tumani IIB navbatchilik qismining 19.07.2021 yil soat 01:53 da bergan xabariga ko'ra, Sayxunobod tumani «Nurobod» mahallasi A.Navoiy ko'chasida yashagan M.K. tuman tibbiyot birlashmasida yurak ishemik xastaligi, o'tkir miokard infarkti, o'tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligi, o'pka shishi hamda alkogol mastlik holati bilan vafot etgan.
Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyati filialining xulosasiga ko'ra, marhum M.K.ning o'limi o'tkir yurak qon tomirlar yetishmovchiligi bilan kechgan, miokard infarkti ko'rinishidagi yurakning o'tkir ishemik kasalligidan kelib chiqqanligi, bundan tashqari jigar tserrozi kasalligi va etil spirtining og'ir darajali zaxarlanish holati ham mavjudligi aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko'ra, 18.08.2021 yilda M.K.ning vafot etganligi holatida biror-bir shaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli, O'zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Hozirda videoxabarda ko'rsatilgan holatlar Sirdaryo viloyat prokuraturasi tomonidan o'rganilmoqda», — deyiladi xabarda. "Zamin" yangiliklarini "Instagram"da kuzatib boring
“Inson uchun” – inklyuziv yugurish marafoniga start berildi
Marafonda 300 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan shaxslar ishtirok etdi. Ular sport orqali o'z salohiyatlarini ko'rsatish, yangi do'stlar topish hamda sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi.'Inson uchun' marafoni ishtirokchilari quyidagi 4 yo'nalish bo'yicha, ayollar va erkaklar alohida baholanib, taqdirlandi:- ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar;- kar va zaif eshituvchilar;- aqliy rivojlanishda ortda qolganlar;- harakat tayanchi shikastlanganlar va boshqalar.'Inson uchun'
24-mart kuni ayrim hududlarda kuchli yomgʻir yogʻishi mumkin
Toshkent'shahrida havo biroz bulutli boʻladi, yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 15-17 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi,'Xorazm'viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi.Buxoro'v
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin
Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda
Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o