calendar 09 Sep 04:21
eye 55
comments 0
comments Manba: xs

Joriy yil yakuniga qadar litsenziya yoki ruxsatnomalar soni 30 foizga qisqartiriladi

image

Davlatimiz rahbarining mahalliy va xorijiy tashriflari davomida tadbirkorlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tinglashi yaxshi anʼana tusiga kirdi. “Oʻzbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida Prezidentimizning mamlakatimiz tadbirkorlari bilan oʻtkazilgan ochiq muloqoti ana shunday yaxshi tashabbusning yana bir yorqin koʻrinishi boʻldi, desak mubolagʻa emas.

Sir emas, soʻnggi besh yilda barcha sohada amalga oshirilgan islohotlar kabi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish borasida ham keng koʻlamli amaliy tashabbuslarga erishildi. Natijada, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash va iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi ishlar qisqa fursatda oʻz samarasini koʻrsatib, aholi bandligi va daromadini oshirishda muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.

Sohadagi oʻzgarish va imkoniyatlar faqatgina soha rivojiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi bilangina cheklanib qolmasdan, joylarda mutasaddi rahbarlarning xalqona muloqot shaklida tadbirkorlar muammolarini tinglab, muammolarni qisqa fursatda hal etishi bilan davom ettirilayotgani yanada quvonarli.

Prezidentimiz ochiq va doʻstona muloqot chogʻida tadbirkorlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Ushbu muloqot jarayonida qariyb bir oy davomida tadbirkorlar tomonidan bildirilgan 15 mingdan ortiq taklif va tashabbuslar sarhisob qilinib, ularning yechimi boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilab berildi. Ushbu tashabbuslardan eng muhimlaridan biri bu tadbirkorlarning yer-mulk bilan bogʻliq muammolarining hal etilishi boʻldi.

Nega desangiz, yillar davomida koʻplab tadbirkorlarda oʻz korxonasi joylashgan yer maydonining “taqdiri ertaga nima boʻladi?” degan xavotir boʻlib kelgan. Endilikda, tadbirkorlarga hozirda egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari mulk qilib rasmiylashtirib beriladigan boʻldi. Bu yerni boshqa odam sotib ololmaydi, uni xususiylashtirishga faqat yer egasining oʻzi haqli boʻladi, deganidir. Bunda, yerning turiga qarab, uning joylashgan hududidan kelib chiqib, yerlar imtiyozli shartlar asosida, ushbu korxonalarga xususiylashtirib beriladi. Qolaversa, tadbirkorlar xususiylashtirib berilgan yerlarini bozor qiymatida narxlab, yerlardan garov evazida foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi.

Uchrashuvda tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolardan yana biri — valyutada kredit olib, bugun valyuta kursining tez oʻsib borishi natijasida qoʻshimcha xarajatlarga duch kelayotgan tadbirkorlar muammolarining yechimi boʻyicha ham soʻz bordi. Yaʼni endilikda, banklar xorijiy valyutada olgan kreditlarini milliy soʻmimizga aylantirib, undan keyingina tadbirkorlarga kredit sifatida taqdim etadi.

Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda va joylarda tadbirkorlar bilan oʻtkazilgan muloqotlar jarayonida umumiy ovqatlanish shoxobchalari va xizmat koʻrsatish sohasiga ixtisoslashgan tadbirkorlar pandemiya sabab oʻrnatilgan cheklovlar natijasida faoliyatida iqtisodiy inqirozlar kuzatilayotganini taʼkidlab kelmoqda. Bugungi muloqot jarayonida esa boshqa muammolar kabi ushbu masala ham toʻlaqonli hal etildi. Xususan, xizmatlar sohasini rivojlantirish maqsadida pandemiya davrida ogʻir ahvolga tushib qolgan 13 mingta umumiy ovqatlanish korxonasi yil yakuniga qadar yer va mulk soligʻidan ozod etildi. Bu imkoniyat ularga 30 milliard soʻm qoʻshimcha koʻmak deganidir.

Shuningdek, uchrashuvda qiymati 200 milliard soʻmga teng loyihalar va sanoat zonalariga infratuzilma yetkazib berish toʻliq davlatning zimmasida boʻlishi, kelgusi 2 yilda respublika boʻyicha qoʻshimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilishi, ularning har biriga kamida 15 ta korxona joylashtirilib, elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yoʻl infratuzilmasini yetkazib berish toʻliq davlatning zimmasida boʻlishi qayd etildi.

Tadbirkorlarni elektr tarmogʻiga ulash muddati 20 kilovatgacha boʻlgan quvvatlar uchun — 10 kun, 50 kilovatli quvvatlar uchun esa 20 kun etib belgilanadi. Agar elektr taʼminoti korxonasi ishlarni muddatida yakunlamasa, ular tadbirkorlarga kompensatsiya toʻlaydi. Ushbu ishlar Davlat xizmatlari markazlari orqali tashkil etilib, muntazam nazorat qilib boriladi.

Tadbirkorlar uchun yaratilgan qulayliklardan yana biri, subsidiya ajratish tartibi yanada soddalashdi. 2022-yil 1-yanvardan, subsidiyalarni ajratish boʻyicha murojaatlar “yagona darcha” tamoyili asosida qabul qilinadi, jarayonda ishtirok etadigan davlat idoralari soni 2-3 baravarga kamayadi. Tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun barcha ruxsat etuvchi hujjatlar ham “onlayn” tarzda rasmiylashtiriladi. Joriy yil yakuniga qadar esa litsenziya yoki ruxsatnomalar soni yana kamida 30 foizga qisqartiriladi.

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi kabi taklif va tashabbuslarning toʻlaqonli hayotga tatbiq etilishi natijasida tadbirkorlar safi yanada kengayib, ular oʻz faoliyatlarida erishayotgan yutuqlari bilan bugun Yangi Oʻzbekistonda boshlangan islohotlarning lokomotiviga aylanishadi. 

Oltinoy MAMIROVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Apr 07:06
 
46
0
xs.uz

“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi

Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari

16 Apr 15:12
 
45
0
xs.uz

Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi

Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi

16 Apr 09:12
 
41
0
xs.uz

“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi

Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича