calendar 23 Aug 11:40
eye 57
comments 0
comments Manba: sof

Vaktsina olmagan o'zbekistonliklar Rossiyaga qay tartibda kiritiladi?

image

SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʻzosi Sevara Ubaydullayeva AOKAda bo'lib o'tgan brifingda aholidan kelgan savollarga javob berdi. 

Turmush o'rtog'im koronavirus infektsiyasiga qarshi umuman vaktsina olmagan. U joriy yil 25 avgust kuni Rossiya Federatsiyasiga uchib ketishi lozim. Aytingchi, turmush o'rtog'im aeroportda hyech qanday to'siq yoki muammoga duch kelmaydimi?

Bugungi kunda COVID-19 infektsiyasidan himoyalanish uchun har bir mamlakat o'z tartib-qoidalarini ishlab chiqmoqda. Aytish lozimki, bunday tartib yurtimizda ham o'rnatilgan bo'lib, bu – xalqimizni koronavirus infektsiyasidan himoya qilishning asosiy ko'rsatkichlaridan biri sanaladi.

Shu maʻnoda, agar turmush o'rtog'ingiz hozirgacha vaktsina olib ulgurmagan bo'lsa, u ayni paytda Rossiya Federatsiyasining O'zbekiston fuqarolariga qo'yilgan talablari asosida ushbu davlatga kiritiladi. Yaʻni bugungi kunda mazkur mamlakatga kiruvchi O'zbekiston fuqarolari COVID-19ga qarshi to'liq emlangan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilgan bo'lsa, PZR-test topshirishi shart bo'lmaydi va ular joriy yil 11 iyunda Rossiyada o'rnatilgan tartibga ko'ra, vaktsina olganlik sertifikati yoki kasallanib chiqqandan keyingi maʻlumotnoma bilan ushbu davlatga kira oladilar. Vaktsina olmagan yoki kasallanib, antitanachalar hosil qilmagan fuqarolar esa 5 kun davomida 2 marta PZR-test natijasi manfiy chiqqan taqdirdagina Rossiya Federatsiyasiga kiritiladi.

Bundan tashqari, Rossiya Federatsiyasida o'rnatilgan tartibga ko'ra, joriy yil 1 sentyabrdan O'zbekiston fuqarolari «Puteshestvuyu bez COVID-19» nomli mobil dasturdan ro'yxatdan o'tishlari va ushbu mamlakatga kirishdan 3 kundan ko'p bo'lmagan muddatda topshirilgan PZR-test natijasi oldindan kiritilishi va ushbu mobil dastur orqali bu holat tahlilidan so'ng mazkur davlatga kirishga ruxsat etilishi yoki yo'qligi belgilandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
23
0
xs.uz

YTTB Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga 6 mln dollar kredit ajratadi

Kompaniya 2022-yildan buyon YTTB mijozlaridan biri hisoblanadi. Bu safargi kredit mablagʻlari asosan ingrediyentlar va qadoqlash materiallari xaridiga, shuningdek, mavsumiy talabning oshishi fonida zaxiralarni samarali boshqarishga yoʻnaltiriladi.Bank bugunga qadar Oʻzbekistondagi 174 ta loyiha doirasida 5,5 mlrd yevrodan ortiq mablagʻ sarmoya kiritgan boʻlib, ularning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.Taʼkidlash joiz, mamlakatimiz soʻnggi besh yil davomida Mar

20 Mar 12:50
 
56
0
postda.uz

VA’DA MUDDATI TЕRGOVDA «TUGADI»

Harbiy xizmatni Farg‘onadagi xalqaro aeroportda a’lo darajada o‘tagan lavhamiz qahramoni 2019-yili Rossiya Federatsiyasi IIV huzuridagi Belgorod yuridik institutiga o‘qishga qabul qilindi. Huquqshunoslikning nazariy sirlarini puxta o‘zlashtirgan Firdaus Panjiyev yurtga qaytganidan so‘ng Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi lavozimida xizmatni boshladi. Albatta, boshida qiyin bo‘ldi. Rossiyaning o‘rmonga chulg‘angan shahrida o‘rgatilgan kazusla

04 Apr 16:19
 
44
0
xs.uz

Dollar kursi yana koʻtarila boshladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'5,44 soʻmga'oshib,'12 920,44 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'295,30 soʻmga'koʻtarilib,'14 252,54 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,03 soʻmga'tushdi va'153,52 soʻmni'tashkil qildi.

20 Mar 12:54
 
53
0
xs.uz

Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam