Harbiy xizmatni Farg‘onadagi xalqaro aeroportda a’lo darajada o‘tagan lavhamiz qahramoni 2019-yili Rossiya Federatsiyasi IIV huzuridagi Belgorod yuridik institutiga o‘qishga qabul qilindi. Huquqshunoslikning nazariy sirlarini puxta o‘zlashtirgan Firdaus Panjiyev yurtga qaytganidan so‘ng Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi lavozimida xizmatni boshladi.
Albatta, boshida qiyin bo‘ldi. Rossiyaning o‘rmonga chulg‘angan shahrida o‘rgatilgan kazuslar, jinoyatni ochishga oid seminarlarda u doim faol bo‘lardi. Lekin nazariya boshqa, amaliyot boshqa ekan. Shuning uchun yosh leytenant talabalik yillari amaliyotga kelganida tanishgan Yangiyer shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi katta tergovchisi, podpolkovnik Habib Bozorovdan maslahat so‘rab turadigan bo‘ldi. Ustozlar ko‘magida surishtiruv-tergov sirlarini tez o‘zlashtira boshladi.
O‘tgan yil iyun oyida Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limiga tergovchi etib tayinlangan katta leytenant Firdaus Panjiyevning mas’uliyati endi yanada oshgan.
Yaqinda yosh tergovchi tomonidan firibgarlikka oid jinoyat ishi muvaffaqiyatli fosh etildi. Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi J.N. Sayxunobod tumanidagi xizmatdosh do‘sti S.E. bilan o‘zaro til biriktirib fuqaro K.A.ning ishonchiga kiradi. Ular 2 kishiga haydovchilik guvohnomasi olib berishni va’da qilib, jami 800 AQSH dollari miqdorida pul olishadi. Oradan olti oylar o‘tgach ham va’da bajarilmagach, fuqaro K.A. Sirdaryo tumani IIBga murojaat qiladi. Ariza asosida jinoiy ish qo‘zg‘atilib, yuqoridagi ikki shaxs topib keltiriladi. Tergov-surishtiruv jarayonida ular o‘z ayblarini tan olishiga to‘g‘ri keldi. Bunda anchagina shakllanib, tajribasi ortgan Firdausning qat’iyati katta rol o‘ynadi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
o‘z muxbirimiz.
Sirdaryo viloyati.
Xitoy Oʻzbekistonga 3 oyda 680 mingga yaqin telefon sotdi
Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar'mart oylarida xorijdan 885,8 ming dona mobil telefon import qilindi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi xabar qildi.Keltirilgan telefonlarning umumiy qiymati 89,6 million AQSH dollarini tashkil etgan.Shu turdagi eng koʻp qurilma Xitoydan keltirilgan boʻlib, ularning umumiy soni 679,2 ming dona boʻlgan. Yirik import qiluvchilar orasida 2-oʻrinda 175,8 ming dona telefon bilan Vyetnam turibdi. 3-oʻrinni esa 15,5 mingta telefon bilan Birlashgan Arab Amirlik
Dollarning oʻzbek soʻmiga nisbatan qiymati oshdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'44,89 soʻmga'oshdi va'12 980,16 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'239,57 soʻmga'koʻtarildi va'14 606,57 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,16 soʻmga'yuqorilab,'161,63 soʻmni'tashkil etdi.
Mebel tannarxini pasaytirish uchun xomashyo boji kamaytiriladi
Oʻzbekistonda mebel tannarxini pasaytirish uchun furnitura, aksessuar, boʻyoq, kley, DSP kabi xomashyoga boj kamaytiriladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish boʻyicha boʻyicha oʻtkazayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qildi.Yigʻilishda qayd etilishicha, oʻtgan yilning oʻzida mebelsozlik yoʻnalishida 920 ta yangi korxona ish boshladi. Sohada 6 trillion 700 milliard soʻmlik mahsulot ishlab chiqarildi.Buni karrasiga oshirish uchun qator masalal
O‘zbekiston energetika haftaligi
Tegishli vazirlik va idoralar hamkorligidagi ushbu haftalikda 34 davlatdan 465 ta kompaniya va brend qatnashmoqda.Tadbir doirasida 120 dan ortiq spiker hamda 1 420 nafar delegat ishtirokida sanoatni rivojlantirish kun tartibi va mintaqaviy muloqotni belgilashda strategik ahamiyatga ega bo'lgan qator ko'rgazma va konferensiyalar o'tkaziladi. 'O'zbekiston neft va gazi ' OGU 2025' ko'rgazmasi va anjumani, 'Energetika, energiya tejash, atom energetikasi va muqobil energiya manbalari ' Power Uzbekist