calendar 18 Aug 07:10
eye 42
comments 0
comments Manba: daryo

Eldor Shomurodov Roberto di Matteoning Rim markazidagi uyini ijaraga oldi (foto)

image

O‘zbekiston terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov Rim markazidan uy ijaraga olgan. 2 ming kvadratga yaqin maydonga ega uyda kattagina basseyn, avtoturargoh va 5 ta yotoqxona mavjud, deya yozmoqda “Tribuna.uz”.

Foto: “Tribuna.uz”

Xabarda aytilishicha, mazkur uy “Chelsi” bilan 2012-yilda Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan murabbiy Roberto di Matteoga tegishli. Italiyalik mutaxassis uyni “Latsio”da o‘ynagan vaqtida sotib olgan.

Qayd etilishicha, Shomurodov shu vaqtgacha mehmonxonada yashagan va futbolchi oilasi bilan o‘zini erkin his qilishi uchun kvartira emas, hovli ijaraga olishga qaror qilgan.

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Foto: “Tribuna.uz”

Rim klubi 3-avgust kuni Eldor Shomurodovni “Jenoa”dan 17,5 million yevro evaziga xarid qildi. Shomurodov “Roma” bilan 2026-yil 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. U yangi klubida hozirgacha 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assistga mualliflik qildi.

Shomurodov 2020/21-yilgi mavsum boshida “Rostov”dan 7,5 million yevro evaziga “Jenoa”ga o‘tgandi. Bungacha u “Mash’al” va “Bunyodkor” klublarida to‘p surgan. Eldor A Seriyaning 2020/21-yilgi mavsumida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
315
0
xs.uz

Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi

Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).

18 Apr 11:08
 
326
0
xs.uz

Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.

04 Apr 16:20
 
29
0
xs.uz

Suv polosi: O‘zbekiston qizlar jamoasi Osiyoda uchinchi!

Mamlakatimiz yoshlar terma jamoasi 'B' guruhida Xitoy Taypeyi, Singapur va Qozog'iston jamoalariga qarshi bahs olib borgan bo'lsa, 'A' guruhida Eron, Malayziya, Xitoy va Shri-Lanka vakillari bellashdi.Olti kun davom etgan qizg'in bahslarda O'zbekiston erkaklar terma jamoasi 5-o'rin bilan kifoyalangan bo'lsa, qizlar jamoasi guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, g'oliblik uchun kurashish imkoniyatini qo'lga kiritdi.Yakuniy natijalarga ko'ra, O'zbekiston qizlar jamoasi bronza medaliga sazovor b

20 Mar 12:50
 
49
0
postda.uz

CHEMPIONATDA VAKILLARIMIZ MUNOSIB O‘RIN OLISHDI

Buxoroda o‘tkazilgan sportning sambo va jangovar sambo turlari bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham munosib ishtirok etishdi. 21 ta vazn toifasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlardan tashrif buyurgan 365 nafar sportchilar orasida Buxoro viloyati IIB TVBSO xodimlari quyidagi natijalarni qo‘lga kiritishdi. Jumladan, sportning sambo turida 88 kg vazn toifasida serjant Xudoyor Ibroimo