calendar 16 Aug 16:40
eye 48
comments 0
comments Manba: sof

❗️O'zbekiston va Afg'onistonning harbiy samolyotlari o'zaro to'qnashib ketdi

image

14-15 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasining havo hududi chegarasidan noqonuniy o'tgan, ichida jami 585 nafar qurollangan harbiy xizmatchilar bo'lgan, Afg'oniston Islom Respublikasining 22 ta harbiy samolyot hamda 24 ta harbiy vertolyotlari majburiy ravishda Termiz xalqaro ayeroportiga qo'ndirilgan.

Joriy yil 15 avgust kuni Qarshi shahridagi "Xonobod" ayeroportiga qo'nish uchun ruxsat so'ragan Afg'oniston Islom Respublikasining 3 ta  "EMBRAЕR-314" rusumli harbiy samolyoti Termiz ayeroportiga qo'nish to'g'risida ogohlantirilib, ular O'zbekiston Respublikasining 2 ta "MIG-29" rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.

Lekin kuzatuv davomida  "EMBRAЕR-314" va "MIG-29" rusumli samolyotlar to'qnashib, Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududiga qulagan. Ushbu samolyotlar uchuvchilari parashyut (katapult) orqali yerga tushishgan.

Shu kuni 158 nafar afg'on fuqarolari va qurollangan harbiy xizmatchilari daryo orqali Termiz tumani hududiga O'zbekiston Respublikasi chegarasidan qonunga xilof ravishda o'tishgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirda Bosh prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
62
0
postda.uz

SINCHKOV NIGOH BILAN

Jinoyat joyini o‘rganish – dalillarni topish, yig‘ish va hujjatlashtirish, gumon qilinuvchilarni aniqlash uchun barmoq izlari tahlili, qalbaki hujjatlarni tekshirishda eks­pert-kriminalistdan kuchli tahlil qilish va diqqat bilan ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish, sabr-toqat va aniqlik bilan xulosani taqdim eta bilish talab etiladi. Namangan viloyati Davlatobod tumani IIB Eks­pert-kriminalistika guruhi xodimlari o‘tgan yili tuman hududida sodir etilgan 284 ta hodisa va jinoya

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)