SSV Matbuot xizmati xabar berishicha, ko'p sonli tadbirkorlarning iltimos va murojaatlarini inobatga olib, Respublika maxsus komissiya yig'ilishida umumiy ovqatlanish obʻyektlari faoliyati uchun belgilangan cheklovlarni yumshatish masalasi muhokama qilindi.
Unga ko'ra, 2021 yil 10 avgustdan eʻtiboran:
— umumiy ovqatlanish obʻyektlari: restoran, kafe, oshxona va choyxonalarning ishchi va xodimlari (salomatligi bo'yicha qarshi ko'rsatma bo'lgan xodimlari bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʻi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to'g'risidagi sertifikati bo'lgan taqdirda, ularga nisbatan soat 8:00 dan 20:00 gacha hamda faqat ochiq havoda faoliyat ko'rsatishi bilan bog'liq karantin cheklovlari tatbiq etilmasligi belgilandi.
Bunda umumiy ovqatlanish obʻyektlariga koronavirusga qarshi vaktsina bilan emlanganligi to'g'risidagi QR-kodi yoki sertifikati mavjud bo'lgan tashrif buyuruvchilarni kiritish tavsiya etiladi. (Salomatligi bo'yicha qarshi ko'rsatma bo'lgan xodimlari bundan mustasno);
— 2021 yil 1 oktyabrdan boshlab tadbirkorlik va xizmat ko'rsatish subʻyektlarining ishchi va xodimlari hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar (salomatligi bo'yicha qarshi ko'rsatma bo'lganlar bundan mustasno) koronavirusga qarshi vaktsinaning (turidan qatʻi nazar) kamida 2 ta dozasi bilan emlanganligi to'g'risidagi sertifikati bo'lmagan taqdirda, ularning faoliyat ko'rsatishi vaqtinchalik to'xtatiladi.
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
Dollar kursi yana koʻtarila boshladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'12,93 soʻmga'oshdi va'12 973,31 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'176,29 soʻmga'koʻtarilib,'14 329,02 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,73 soʻmga'tushdi va'151,19 soʻmni'tashkil qildi.
SADOQATLI KO‘MAKCHILAR
Buxoro viloyati IIB JXX JTSB Kinologiya bo‘linmasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan xizmat itlari yordamida yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini ta’minlash, jinoyatlarni «issiq izida» fosh qilishda ibratli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Soha vakillari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida to‘rt oyoqli ko‘makchilar ishtirokida 13 ta jinoyat ochilishiga erishildi. Jumladan, 11 ta o‘g‘rilik, 2 ta giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyat fosh etildi. Shu bi
NAZORAT OSTIDAGI SHAXSLAR BILAN
G‘ijduvon tumani IIB JXX Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda sektor rahbarlari va tadbirkorlar ishtirok etib, nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy moslashtirish, bandligini ta’minlash, ularni kichik biznes, tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish orqali qayta jinoyat sodir etishlarining oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.