Asossiz undirilgan 825 million so'm xorijiy korxonaga qaytarildi

2020 yil dekabr oyida Samarqanddagi "Xitoy-beshbarmoq qurilish materiallar" MChJ xorijiy korxonasida "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Bulung'ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan o'rganishlar o'tkazilgan.
O'rganish davomida elektr energiyasiga ulanish sxemalari noto'g'riligi aniqlangan va xorijiy korxona hisobiga dalolatnoma asosida 1 milliard 215 million so'mlik asossiz to'lovlar hisoblangan.
"Xitoy-beshbarmoq qurilish materiallar" MChJ xorijiy korxonasi ushbu to'lovlar asossiz hisoblanganligi bildirib, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasiga murojaat qilgan.
Murojaatda keltirilgan holatlar boshqarma xodimlari va "O'zenergoinspektsiya" Samarqand viloyat bo'limi bilan birgalikda o'rganildi.
Natijada "Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ Bulung'ur tuman elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan qayta hisob-kitob dalolatnomasi asosida xorijiy korxonaga hisoblangan 1 milliard 215 million so'mlik to'lov summasining 825 million 498 ming so'mi asossiz hisoblanganligi aniqlandi.
Ushbu asossiz hisoblangan to'lovlar "Xitoy-beshbarmoq qurilish materiallar" MChJ xorijiy korxonasi foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.
Yerga 5 balli magnit boʻroni yaqinlashmoqda
Boʻron K-indeksi bilan hisoblaganda 5 ballik boʻlib, bu kuchli taʼsir doirasidan darak beradi. Natijada, kosmik ob-havoning noxush holatlari kuzatilib, sunʼiy yoʻldosh, navigatsiya hamda aloqa tizimlarida muammolar yuzaga keladi.Magnit boʻroni meteorologik oʻzgarishlarga sezgir insonlarning salomatligiga ham salbiy taʼsir koʻrsatishi, jumladan, bosh ogʻrigʻi, bosh aylanishi va umumiy holsizlik keltirib chiqarishi ehtimoli bor.
2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT
BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti
AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram
“Bir necha soniyaga kech qolganimizda biz ham oʻlgan boʻlardik”: Isroil Gʻazodagi xonadon hamda kasalxonani bombardimon qildi
Isroil harbiylari Xon-Yunis shahridagi xonadonni bombardimon qilishi oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻldi. Bu haqida 'Al Jazeera' nashri xabar berdi.Maʼlumotlariga koʻra, mazkur hujum oqibatida besh nafar falastinlik halok boʻlgan hamda bir necha kishi turli darajadagi tan jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan. Guvohlarning taʼkidlashicha, Isroil askarlari asosan hududdagi turar-joy binolarini yoʻq qilishga harakat qilgan.Shuningdek, 13-aprel, yakshanba kuni Isroil harbiylari