O‘zbekistonda odam savdosi ikki baravardan ziyodga oshgan — Tanzila Norboyeva

Oliy Majlis Senatining 17-yalpi majlisida ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov 2021-yilning birinchi yarmida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida axborot berdi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
Bobojonovning aytishicha, respublikaning har bir hududida o‘tkazilgan kompleks tezkor-profilaktik tadbirlar kriminogen vaziyatning barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratgan.
“Xususan, joriy yilning 6 oyi yakuniga ko‘ra respublikaning 9 251 ta mahallasidan 4 559 tasida (49,3 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi”, — deydi vazir. 2017-yilning mos davrida jinoyatlar qayd etilmagan mahalla soni 3 855 ta (o‘shanda 9015 ta mahalla) bo‘lgan.
O‘zbekiston bo‘yicha jami 45 630 ta jinoyat qayd etilgan va bu o‘tgan yilga nisbatan 111,9 foizga (21 535) ortgan.
Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan 548 ta korrupsiyaviy, 99 ta odam savdosi va 322 ta kiberjinoyatlar fosh etilgani aytilgan.
Senat raisi Tanzila Norboyeva avvallari jinoyat ko‘p bo‘lsa, tizim tashkilotlari yaxshi ishlamayotgani tanqid qilinganini, hozir esa aybdorlar qonun oldida javob berayotganini qayd etgan.
U, shuningdek, axborotda alohida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar borligi haqida gapirgan.
“Qariyb 3 mingta mahallada kriminogen vaziyat og‘ir, ya’ni ‘qizil’ toifada ekani hammamizni o‘ylantirishi kerak. Yoki odam savdosi bilan bog‘liq aniqlangan jinoyatlar oldingi yilga nisbatan ikki baravardan ziyodga oshgan. Xususan, 34 ta holatda chaqaloqlar savdosi jinoyati aniqlangani o‘ta tashvishlidir. Bu muammolarga faqat Ichki ishlar emas, balki Sog‘likni saqlash, mahalla vazirliklari, mas’ul ko‘plab tashkilotlar jonbozlik ko‘rsatsin”, — deydi Tanzila Norboyeva.
Avvalroq ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zbekistonda olti oy ichida 45 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan, shulardan 217 tasi qotillik ekanini ma’lum qilgandi.
Yanvar va fevral oylarida qancha mashina import qilingan?
Bunda eng koʻp mashina Xitoydan keltirilgan boʻlib, 3 149 donani tashkil etdi. Keyingi oʻrinlarda 1 191 dona avtomobil bilan Koreya Respublikasi va 32 dona yengil mashina bilan Yaponiya turibdi. Eng kam import qilingan avtomobillar soni 8 ta bilan Meksikaga toʻgʻri keldi.Dastlabki ikki oyda import qilingan avtomobillarning umumiy qiymati 75,9 million dollarni tashkil etdi.Taʼkidlash joiz, 2024-yilning mos davrida import qilingan mashinalar soni 17 553 dona bo'lgandi.
Dollar kursi 13 000 soʻmga yaqinlashdi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'13,70 soʻmga'oshdi va'12 994,59 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'38,92 soʻmga'oshib,'14 761,85 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,99 soʻmga'tushdi va'157,68 soʻmni'tashkil qildi.
YTTB Oʻzbekistondagi pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyaga 6 mln dollar kredit ajratadi
Kompaniya 2022-yildan buyon YTTB mijozlaridan biri hisoblanadi. Bu safargi kredit mablagʻlari asosan ingrediyentlar va qadoqlash materiallari xaridiga, shuningdek, mavsumiy talabning oshishi fonida zaxiralarni samarali boshqarishga yoʻnaltiriladi.Bank bugunga qadar Oʻzbekistondagi 174 ta loyiha doirasida 5,5 mlrd yevrodan ortiq mablagʻ sarmoya kiritgan boʻlib, ularning katta qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan.Taʼkidlash joiz, mamlakatimiz soʻnggi besh yil davomida Mar
VA’DA MUDDATI TЕRGOVDA «TUGADI»
Harbiy xizmatni Farg‘onadagi xalqaro aeroportda a’lo darajada o‘tagan lavhamiz qahramoni 2019-yili Rossiya Federatsiyasi IIV huzuridagi Belgorod yuridik institutiga o‘qishga qabul qilindi. Huquqshunoslikning nazariy sirlarini puxta o‘zlashtirgan Firdaus Panjiyev yurtga qaytganidan so‘ng Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi surishtiruvchisi lavozimida xizmatni boshladi. Albatta, boshida qiyin bo‘ldi. Rossiyaning o‘rmonga chulg‘angan shahrida o‘rgatilgan kazusla